Kim Chen Ir
Kim Chen Ir (koreyscha: 김정일, talaffuzi: Kim Dzong Il; 16 fevral 1942, Primorskiy Kray, RSFSR – 17 dekabr 2011, Pxenyan) — KXDR davlat boshligʻi. Kim Ir Senning oʻgʻli. Kim Ir Sen nomidagi Pxenyan universitetini tugatgan (1964). 1964-yildan Koreya Mehnat partiyasi MK apparatida ishlagan. 1973-yildan Koreya Mehnat partiyasi MK kotibi, 1974-yildan MK Siyosiy komiteti, 1980-yildan Siyosiy byurosi Prezidiumi aʼzosi, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy harbiy komiteti aʼzosi. 1994-yil 8-iyuldan davlat boshligʻi, Mudofaa komiteti raisi (1998-yil 5-sentabrdan).
Manbalar
uz.wikipedia.org