Kim Chae-yeon
Kim Chae-Yon (2004-yil 4-dekabrda tugʻilgan),
Chaeyeon nomi bilan mashhur, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. Hozirda u „MODHAUS“ kompaniyasi ostidagi „tripleS“ qizlar guruhi aʼzosi. U shuningdek, Janubiy Koreyaning „CutieL“ va „Busters“ guruhining bosh vokalchisi sifatida sobiq aʼzosi. Kim aktrisalik faoliyatini 2008-yilda Janubiy Koreyaning „Scandal Makers“ filmida boshlagan.
Faoliyati
2014-yilda Chaeyeon 2-avlod aʼzosi sifatida „CutieL“ bolalar guruhining aʼzosi boʻldi. 2017-yilda barcha 2-avlod aʼzolari guruhni tark etishdi.
„Monstergram“ telekanalida u „Busters“ guruhi aʼzosi ekanligi eʼlon qilingan. U 2017-yil 27-noyabrda guruhning „Dream On“ yakkaxon albomi bilan debyut qilgan. „Boni Hani“ telekoʼrsatuvidagi boshlovchilik pozitsiyasi sabab boʻlgan ziddiyatli holat tufayli guruhning „Paeonia“ qoʻshigʻida ishtirok etmadi. 2020-yil 6-avgustda Chaeyeon aktrisalik va boshqa faoliyatlarini davom ettirish uchun guruhni tark etgan.
2022-yil 16-iyun kuni Chae-Yon „tripleS“ guruhi aʼzosi sifatida qayta debyut qilishi haqida xabar berilgan edi. 2022-yil 22-iyunda Chae-Yon „tripleS“ning toʻrtinchi aʼzosi sifatida tanishtirildi.
2022-yil iyul oyida Chae-yon „Armored Saurus“ animatsion seriyasi uchun original saundtrekni kuylagan.
Kim „PENGTALK“, „Perfect Score“ „Math Plus“, „Knights Chronicles“ va „GS25“ kompaniyalari uchun reklama roliklarida ishtirok etgan. 2019-yilda u „Academy Sciences“ bilan hamkorlik qilib, bir kishilik oʻyinlarda oʻynashni xohlovchi bolalar uchun „Creating a Creator“ nomli oʻyinchoq mahsulotini chiqargan.
Manbalar
uz.wikipedia.org