Kim Byon-ji




Kim Byon-ji (1970-yil 8-aprelda tugʻilgan) — sobiq futbol darvozaboni, Janubiy Koreya terma jamoasi hamda K ligasining bir nechta klublarida oʻynagan. U qushning dumiga oʻxshagan oʻziga xos soch turmagi bilan mashhur boʻlgan.

Futbolchilik faoliyati



Kim 1992-yildan 2015-yilgacha professional futbolchi sifatida 24 mavsum oʻtkazgan. U K ligasida, shu jumladan Koreya Ligasi kubogida 706 oʻyin oʻtkazib, 229 ta oʻyinda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan va 3 ta gol urgan.

Kim 1998-yilgi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Janubiy Koreya terma jamoasiga chaqirilgan. Janubiy Koreya ikkinchi o‘yinida Gollandiyaga 5:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan va janubiy koreyalik futbolchilar mag‘lubiyatdan so‘ng jurnalistlarning tanqidlariga duchor boʻlishgan. Bundan tashqari, turnir davom etayotgan boʻlsa-da, Janubiy Koreya terma jamoasi murabbiyi Cha Bum Kun ishdan boʻshatilgan. Oʻsha oʻyinda Kim Gollandiyaning 17 ta zarbasini qaytargan va o‘z darvozasidan beshta gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, olqishlarga sazovor bo‘lgan yagona futbolchiga aylangan.

Oʻyin uslubi



Kim ajoyib reflekslarga ega edi va super seyvlar bilan mashhur boʻlgan. 2001-yil Yangi yil kubogi doirasida Paragvayga qarshi oʻyinda u toʻsatdan dribling qilishga urinib koʻrganidan soʻng toʻpdan mahrum boʻlib, Janubiy Koreyaning sobiq bosh murabbiyi Gus Xiddinkni sharmanda qilgan. Kim K ligasi va milliy terma jamoada Li Vun je bilan kuchli raqobatni yuzaga keltirgan va u bilan 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatida asosiy darvozabonlik pozitsiyasi uchun kurashgan. Xiddink turnir boshlangunga qadar darvozabon tanlashda qiynalgan, biroq Kimning Yangi yil kubogidagi qoʻpol xatosi tufayli Lini tanlagan.

Nafaqa



Kim hozirda 2015-yilda nafaqaga chiqqanidan so‘ng YouTubeʼdagi „Kkong-byung-ji-tv“ kanalida YouTuber bo‘lib ishlamoqda.

2022-yil 28-mayda Kim Angry Dogs koʻngilochar kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlar



Sangmu FC

Ulsan Hyundai

Pohang Steelers

Seoul FC

Janubiy Koreya

Shahsiy yutuqlari

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz