KILAUELA — Gavayi orolidagi doimiy harakatdagi vulkan, tinch okeanda, AQSh hududi. Balandligi 1247 metr. Bazalt lavalaridan tuzilgan yassi qalqonsimon konus bo’lib, krateri (vulqon og’zi) keng. Oxirgi marta 1983-85 yillarda kuchli otilgan. Gavayi milliy parki tarkibida. Vulkanologik stansiya ishlab turibdi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish