Kil shartnomasi




1867-yilgi Kil shartnomasi ― 23-fevralda Oldenburg gersogi Pyotr II va Prussiya oʻrtasida imzolangan boʻlib, unga koʻra Oldenburg gertsogi Pyotr oʻz huquqlarini Golshteyn Prussiyaga bergan.

Shartnoma tuzilmasdan oldin



Germaniya-Daniya urushi natijasida Prussiya va Avstriya Shlezvig, Golshteyn va Lauenburgni boshqa nemis davlatlaridan (Gannover, Saksoniya va boshqalar) ajratishga harakat qilganlar. 1865-yildagi Avstriya-Prussiya kelishuviga binoan Golshteyn Avstriya, Shlezvig esa Prussiya nazoratiga oʻtgan. 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushi natijasida Prussiya avstriyaliklarni Golshteyn gersogligidan chiqarib yuborgan. Avstriya Shlezvig va Golshteyn hududi huquqlarini Prussiyaga topshirgan. Oldenburg Buyuk Gertsogi Pyotr II Golshteynning bir qismi uning merosi ekanligiga daʼvo qilgan. Oldenburgning maqsadi, 1843-yildagi Plen shartnomasidan keyin ikki qismga boʻlingan, Lyubek knyazligini bir hududga birlashtirish boʻlgan.

Shartnomaning mazmuni



1867-yil 23-fevralda Kilda tuzilgan Kil shartnomasiga koʻra, Prussiya Oldenburglik Pyotr II ga taxtga daʼvolaridan voz kechishi evaziga quyidagilarni taqdim etgan.

Lyubek knyazligi uyushmasi



1867-yil 19-iyunda Prussiya tomonidan taqdim etilgan hududlar Lyubek knyazligi tarkibiga kirgan va shu tariqa Boltiq dengiziga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan yopiq boʻlinmani tashkil etgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz