Kifoya (kitob)
Kifoya (Kifoya sharhi Viqoya) — 2014-yilda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi(1989-1993), muftiy, Xalqlar doʻstligi ordeni sohibi va Islom ulamolari millatlararo itifoq aʼzosi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tomonidan yozilgan. Ushbu 3 jildlik kitobning to‘liq nomi „Kifoya sharhi Muxtasari Viqoya“ deb nomlanadi. Kitob mashhur „Muxtasari Viqoya“ning tarjima va sharhidir. „Muxtasari Viqoya“ning asl nomi „Niqoya“ bo‘lib, uning muallifi hijriy 747 sanada vafot etgan mashhur faqih Sodrush-shariy’a Ubaydulloh ibn Mas’ud al-Buxoriydir. Ubaydulloh ibn Mas’ud bu kitobni bobosi Mahmud ibn Sodrush-shariy’aning „Viqoyatur Rivoya fiy masailil Hidoya“ nomli kitobini muxtasar qilish — qisqartish ila yuzaga keltirgan, biroq ahli ilmlar va xalqimiz orasida „Muxtasari Viqoya“ nomi ila mashhur bo‘lib ketgan. „Muxtasari Viqoya“ hanafiy mazhabidagi eng mo‘'tabar kitoblardan biri hisoblanadi. Zero u hanafiy mazhabdagi asosiy eʼtiborga sazovor bo‘lgan to‘rt matndan biri bo‘lmish „Viqoya“ kitobining muxtasaridir. Shuningdek ushbu kitobdan fiqh ilmining taʼrifi, tarixi, manbalari va ahamiyati haqida, fiqhiy mazhablar va ular o‘rtasidagi ixtiloflar haqidagi maʼlumotlar o‘rin olgan.
Kifoya (1-juz)
Kitobning birinchi juzi „Poklik“ va „Namoz“ kitoblaridan iborat. Bundan tashqari, kitobda fiqh ilmi, toʻrt moʻtabar fiqhiy mazhab, Hanafiy mazhabi haqida toʻliq maʼlumotlar yozib qoldirilgan. Quyida birinchi juzning mundarijasi berilgan.
Kifoya(2-juz)
Kitobning ikkinchi juzi islomning uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi ustuni boʻlgan „Zakot“, „Roʻza“ va „Haj“ kitoblaridan iborat. Quyida uning mundarijasi berilgan.
Kifoya (3-juz)
Kitobning uchinchi juzi „Qul ozod qilish“, „Qasamlar“, „Savdo“, „Ijara“, „Garov“, „ Vaqf“ va shu kabi fiqhiy masalalar haqida kitoblardan iborat. Quyida uning mundarijasi berilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Kifoya 1-2-3-juzlar
Kifoya 1-juz
Kifoya 2-juz
Kifoya 3-juz
uz.wikipedia.org