Kieran Trippier




Kieran John Trippier (talaffuzi: Kiran Jon Trippier; 1990-yil 19-sentabrda Angliyada tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, Angliyaning „Newcastle United“ futbol klubi va Angliya terma jamoasi himoyachisi. Angliyaning turli yoshdagi yoshlar terma jamoalari, shuningdek, yoshlar terma jamoasi vakili.

Xalqaro faoliyati



Kieran Trippier birinchi marta 2007-yilning noyabr oyida 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga Gana terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida qatnashgan. 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasi tarkibida Kieran Trippier 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan va u yerda jamoasi bilan finalga chiqqan. Keyin Kieran Trippier 2009-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga tarkibiga olingan. Kieran Trippier uchta oʻyinda toʻliq oʻynagan. 2010-yil oktabr oyida Kieran Trippier yoshlar terma jamoasiga 2011-yilgi Yevropa chempionati saralash turnirining pley-off bosqichida, xususan, Ruminiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ishtirok etgan. U bir oydan soʻng Germaniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida ilk golini urgan.

Asosiy jamoadagi debyut 2017-yil 13-iyun kuni Fransiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida boʻlib oʻtgan. Kieran Trippier uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan va 76-daqiqada almashtirilgan. Biroq uchrashuv fransuzlarning gʻalabasi bilan yakunlangan.

2018-yilning 11-iyulida, Xorvatiya bilan jahon chempionati yarim final uchrashuvining 5-daqiqasidayoq Kieran Trippier milliy terma jamoadagi ilk golini urgan, ammo yakunda britaniyaliklar mag‘lub bo‘lishgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz