Kieran Lee
Kieran Christopher Lee (talaffuzi: Kiran Kristofer Li) (1988-yilda 22-iyun tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. Kieran Lee „Bolton Wanderers“ futbol klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Kieran Lee futbolchilik faoliyatini „Manchester United“ futbol klubida boshlagan.
Faoliyati
Manchester United
Faoliyatining boshida markaziy yarim himoyachi boʻlgan Kieran Lee „Manchester United“ futbol klubi safida chap va oʻng qanot himoyachisi sifatida koʻproq mavsum oʻtkazgan. 2004-yilning iyul oyida Kieran Lee „Manchester United“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi. Kieran Lee 2004—2005-yillarda klub safida 25 marta, 2005—2006-yillarda esa 23 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Bu oʻyinlaridan soʻng, klub Kieran Lee bilan ikki yillik professional shartnoma imzoladi.
2007-yil 28-dekabrda Kieran Lee 2008-yil 2-yanvardan boshlab „Queens Park Rangers“ futbol lubi safiga ijaraga oʻtishi eʼlon qilindi. Shundan soʻng Kieran Lee 5-yanvar kuni Angliya kubogi doirasida „Chelsea“ futbol klubiga qarshi „QPR“ futbol klubi tarkibida oʻynash huquqiga ega boʻladi.
Oldham Athletic
Kieran Lee „QPR“ futbol klubi safida toʻrt oy davomida yettita oʻyin oʻtkazdi. Shundan soʻng, Kieran Lee „Oldham Athletic“ futbol klubi bilan 2008-yil yozida shartnoma imzoladi. Bu shartnoma 2008-yilning 1-iyulidan boshlab kuchga kirgan va uning muddati ikki yil etib belgilangan edi.
Kieran Lee „Oldham Athletic“ futbol klubi safida toʻrt marta „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ nomiga sazovor boʻldi.
Sheffield Wednesday
2012-yil 28-may kuni Kieran Lee „Oldham Athletic“ futbol klubining yangi shartnomasini rad etganidan soʻng, „Sheffield Wenesday“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
2019-yil iyul oyida Kieran Lee „Sheffield Wednesday“ futbol klubi bilan yangi bir yillik shartnoma imzoladi.
2020-yil 24-iyun kuni Kieran Lee koronavirus tufayli kechiktirilgan 2019—2020-yilgi mavsumning qolgan qismini qoplash uchun bir oylik uzaytirilgan shartnomani imzoladi.
Bolton Wanderers
2021-yil 8-yanvarda Kieran Lee Bolton universitetining stadionida bir necha hafta mashgʻulotlarni oʻtkazgandan soʻng, „Bolton Wanderers“ futbol klubi bilan 18 oylik shartnoma imzoladi. Kieran Lee 2021-yilning 13-yanvarida „Exeter City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda klub safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Kieran Lee klub safidagi ilk golini 20-mart kuni „Walsall“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi. 2021-yil 5-noyabrda Kieran Lee klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu shartnoma asosida Kieran Lee klub safida 2023-yilgacha qoladigan boʻldi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org