Kick Buttowski
Kick Buttowski: Suburban Daredevil (yoki shunchaki
Kick Buttowski (talaffuzi: Kik Butovski)) Sandro Korsaro tomonidan yaratilgan Amerika animatsion teleserialidir. Multserial oʻzining sodiq doʻsti Gunther bilan birgalikda jahondagi eng dovyurak inson boʻlishga intilayotgan Clarence Francis „Kick“ Buttowski ismli yosh bola haqida hikoya qiladi. Bu serial Disney XD telekanali orqali efirga uzatilgan toʻrtinchi original serialdir. Premyerasi 2010-yil 13-fevralda boʻlib oʻtib, ilk kunda ikki qism (epizod) namoyish etildi. Serialning premyerasi Disney Channel Asia telekanalida 2010-yil 28-mayda boʻlib oʻtdi. Har bir qismda 11 daqiqalik ikkitadan segment mavjud. Serialdagi koʻpgina qahramonlar va holatlar Corsaroning Massachusets shtatidagi Stoneham shahrida oʻtgan bolaligiga asoslangan. Jami 52 ta qismni oʻz ichiga oladi. 2012-yilning 2-dekabrida Disney XD multserial uchinchi fasli ishlanmasligini eʼlon qilindi. Shuningdek, bu multserial Disney+ streaming xizmatida 2021-yil 9-aprelda taqdim etildi.
Ovoz berganlar
Bosh qahramonlarga ovoz berganlar
Tez-tez paydo boʻlib turadigan qahramonlarga ovoz berganlar
Maxsus mehmonlar
Fasllar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org