Kichri




Kichri yoki kichadi, kichari (hindcha: खिचड़ी' IAST : urdu: کھچڑی: bengalcha: খিচুরী) — oʻtkir taʼmli vegetariancha taom boʻlib, dimlangan guruch va mosh (mung dal), yogʻda qovurilgan ziravorlar, baʼzan sabzavot aralashmasidan tayyorlanadi. Bu Ayurveda pazandachiligining asosiy taomlaridan biridir. Ushbu taom proteinga juda boy.

Tarixi



Yunon qiroli Selevk Hindistonga qilgan yurishida (miloddan avvalgi 305-303) dukkakli mahsulotlar va guruch aralashmasi Hindiston aholisi orasida juda mashhur ekanligini taʼkidlagan. Strabon esa hind taomlari asosan guruchli boʻtqa va guruchli ichimlikdan iborat boʻlganligini taʼkidlaydi, bu hozirda arrak deb ataladi. Marokashlik sayyoh Ibn Battuta taxminan 1350-yillarda Hindistonda boʻlgan vaqtlari kichrini guruch va moshdan iborat taom sifatida tilga oladi. Kichri XV asrda Hindistonga tashrif buyurgan rus sayyohi Afanasiy Nikitinning asarlarida ham tasvirlangan. Ushbu taom Boburiylar, ayniqsa Jahongir davrida juda mashhur boʻlgan. Boburiy shoh Akbarning bosh vaziri Abulfazl Allomiyning tomonidan yozilgan XVI asrga oid „Ain-i-Akbari“ hujjatida kichri retsepti tilga olinadi va uning yetti xil varianti keltiriladi. Hindistonda Akbar, vazir Birbal va kichri bilan bogʻliq latifa ham bor. Aytishlaricha, kejeri anglo-hind taomi ham kichri dan kelib chiqqan.

Tavsifi



Ayurveda tarafdorlarining fikriga koʻra, kichari oʻzining mukammal darajada hazm boʻlishi va ozuqaviy moddalarning muvozanati bilan ajralib turadi. Hindlar ushbu taom oson hazm boʻladi, kuch va hayotiy quvvat beradi, tananing barcha toʻqimalarini oziqlantiradi, hujayralarni tozalash va yoshartirishga yordam beradi, deb ishonishadi. Kichari yoglar tomonidan tozalash dasturlari boshlangan paytda ishlatiladi.

Santa Fedagi „Ayurveda instituti“ veb-sayti maʼlumotlariga koʻra, har bir dosha (Ayurveda terminologiyasida hayotiy quvvat) uchun turli xil sabzavotlar, ziravorlar va choylar isteʼmoli tavsiya etiladi. Ushbu tashkilot, shuningdek, faqatgina kicharidan iborat monoparhez qabziyatga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.

Shuningdek qarang.




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz