KICHIK ZOND OROLLARI – Malay arxipelagining Janub qismi, asosan, Indoneziya tarkibida. Bali, Flores, Banda, Savu, Timor dengizlari va Hind okeani suvlari o’rab turadi. Maydoni 128 ming kilometr kvadrat. 1300 kilometr uzunlikdagi orollar zanjiridan iborat. Relefi tog’li, vulkan ko’p (eng baland joyi 3726 metr, Rinjani vulkani). Iqlimi subekvatorial mussonli iqlim. Barg to’kuvchi tropik o’rmonlar va savannalar bilan qoplangan. Sholi ekiladi, baliq ovlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish