Kichik uzunburun
Kichik uzunburun (lotincha: Numenius tenuirostris) — loyxoʻraklar (Scolopacidae) oilasiga mansub qushlar turi sanaladi.
Tavsif
Tana uzunligi taxminan 40 sm, vazni - 255 dan 360 grammgacha. Uzun oyoqlari va uzun oʻtkir tumshugʻi, yerga qaragan; patlari xuddi yer kabi zangori tusda, qalin chiziqlar va dogʻlar bilan ifodalangan; boshida yorqin uzunlama chiziqlar; erkaklar va urgʻochilarning rangi bir xil. Bu oʻrtacha kattalikdagi zargʻaldoqqa oʻxshaydi. Ayni kunda u yoʻq boʻlib ketish arafasida yoki batamom qirilib ketgan. Umumiy soni 50 tadan kam. Oxirgi marta 1997-yilda (Gresiyadagi uchish) kuzatilgan. Gʻoyib boʻlishning asosiy sabablari ov qilish, zaharli kimyoviy moddalarni ishlatishdir.
Ozuqasi
Mayda jonivorlar: hasharotlar va ularning lichinkalari, qurtlar va shilliqqurtlar, kichik daryolar boʻyidagi qisqichbaqalar va mollyuskalar bilan oziqlanadi.
Tarqalishi
Janubiy Orolboʻyi (uchib oʻtish). Oʻzbekistondan tashqarida: Farbiy Sibir (uyalash), Oʻrta Yer dengizi mamlakatlari (qishlash).
Yashash joyi
Tekislikdagi suv havzalarining botqoqlashgan qirgʻoqlari va sayozliklari.
Soni
Doimo kam boʻlgan. Ilgari Janubiy Orolboʻyidan gala (3-15) boʻlib, hozirda – sanoqlisi uchib oʻtadi. 2000-yilda Sudochye koʻlida yakka-yakka holda uchragan. Dunyodagi populyasiyasi keskin kamayib bormoqda: 1980—1990-yillar oraligʻida 316-326 ta, 1990—1999-yillarda – 148-152 ta qayd qilingan. Yaqinda olingan ma’lumotlarga koʻra, endilikda 50 tadan kam qolgan.
Yashash tarzi
Bahorgi uchib oʻtishi – mart-aprel oyida, kuzgisi – avgust-sentabr oylarida. Suvda yashovchi umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Kichik uzunburun uyasi — bu oʻsimliklar bilan zoʻrgʻa qoplangan yerdagi unchalik katta boʻlmagan yoriq; Juftlashganda soʻng jigarrang dogʻlar bilan qoplangan 4 ta zaytunli-yashil tuxum qoʻyadi; tuxum qoʻyishning bosqichi may oyida; Yiliga bir marta koʻpayadi.
Cheklovchi omillar
Uyalash arealida, koʻchish yoʻlida va qishlash joylarida tabiiy yashash muhitining oʻzgarishi va qisqarib ketishi oqibatida nobud boʻladi.
Himoya choralari
Ovlashga ruxsat berilmaydi. Sudochye koʻli buyurtmaxonasida muhofaza ostiga olingan. SITESning I Ilovasiga va Bonn konvensiyasining I Ilovasiga kiritilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org