Kichik shakllar meʼmorligi




Kichik shakllar meʼmorligi — meʼmorlikning tabiat manzarasi bilan uygʻunlashgan, nisbatan mayda hajmdagi mahsuli. Keng maydonlarni tashkil etish, bogʻ-park kompozitsiyalarini shakllantirish maqsadida oʻrnatilgan kichik qurilma. Favvora, zinapoya, koʻprikchalar, toʻsiqlar, madaniy-maishiy xizmat hamda yaxna ichimlik va shirinliklar doʻkonlari; elektr yoritkichlar, gul ekiladigan vazasimon qurilmalar; reklama-tijorat, koʻrgazma qurilma va inshootlari; yoʻl koʻrsatkichlar; yodgorlik, monument va boshqa kiradi. Majmualar ajralmas qismi sifatida ham bunyod etiladi (mas, Mustaqillik maydoni, Amir Temur xiyoboni, Alisher Navoiy xiyobonidagi qurilmalar va boshqalar). Koʻpgina namunalarida sanʼatlar sinteziga erishiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz