KICHIK OSIYO TOG’LIGI
KICHIK OSIYO TOG’LIGI – Turkiyadagi tog’lik, kichik Osiyo yarim orolining kata qismini eg’allaydi. Kichik Osiyo tog’ligining Markaziy qismi Anadolu yassitog’ligidan, shimolda Pontiya va Janubda Tavr tog’laridan iborat. Sharqda Kichik Osiyo tog’ligi sekin-asta Sharqiy Tavr tog’lariga o’tib boradi. Uzunligi 1200 kilometr chamasida. Kengligi 600 kilometrgacha, ko’p qismining balandligi 800-1500 metr, ichki rayonlariga chala cho’l landshafti xos. Tog’larning tashqi yon bag’irlari o’rmon va O’rta dengiz bo’yi butalari bilan qoplangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz