Kichik Oʻradaryo




Kichik Oʻradaryo - Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Gʻoʻzordaryoning chap irmogʻi. Hisor tizmasining gʻarbiy qismidagi Oʻlmas togʻidan (2500–2700 m) boshlanadi. Uz. 93 km, havzasining maydoni 1588 m2. Yirik irmoklari Shirindaryo (17 km), Qoradahana (25 km), Goʻrota (20 km) va boshqa Qor, mavsumiy yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 2,4 m³/sek. Mart-mayda suvi koʻpayadi. Asosan, sugʻorishga sarflanadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz