KICHIK O’RADARYO – Qashqadaryo viloyatidagi Daryo. G’o’zordaryoning chap irmog’i. Hisor tizmasining g’arbiy qismidagi O’lmas tog’idan (2500-2700 metr) boshlanadi. Uzunligi 93 kilometr, havzasining maydoni 1588 metr kvadrat. Yirik irmoqlari Shirindaryo (17 kilometr), Qoradahana (25 kilometr), Go’rota (20 kilometr) va boshqalar. Qor, mavsumiy yomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 2,4 metr kub/sekund. Mart-mayda suvi ko’payadi. Asosan, sug’orishga sarflanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish