Kichik koʻlbuqalar




Kichik koʻlbuqalar (lxobrychus) — laylaksimonlar turkumining qarqaralar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 10 turi, jumladan, Oʻzbekistonda 1 turi bor. Kichik koʻlbuqa (l.minutis) Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya va Yangi Zelandiyada uchraydi. Koʻl, daryo qirgʻoqlaridagi toʻqay, butazor va qamishzorlarda yashaydi. Ogʻirligi 145 g ga yaqin. Oʻzbekistonga mart oyida uchib keladi. Qamishzor va toʻqaylarda uya quradi. 4— 9 ta tuxum quyadi. Tuxumini 17—20 kun bosadi. Joʻjalari bir oyda uchirma boʻladi. Kichik koʻlbuqalar toʻngi qushlar, mayda baliq, baqa, itbaliq va suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz