KICHIK KO’LBUQA



KICHIK KO’LBUQA (l.minutis) Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya va yangi Zelandiyada uchraydi. Ko’l, Daryo qirg’oqlaridagi to’qay, butazor va qamishzorlarda yashaydi. Og’irligi 145 grammga yaqin. O’zbekistonga mart oyida uchib keladi. Qamishzor va to’qaylarda uya quradi. 4— 9 ta tuxum quyadi. Tuxumini 17-20 kun bosadi. Jo’jalari bir oyda uchirma bo’ladi. Kichik ko’lbuqa to’ngi qushlar, mayda baliq, baqa, itbaliq va suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz