Kichik Chimyon




Kichik Chimyon - Toshkent viloyatidagi togʻ, Chatqol togʻining shim.da. Chatqol togʻ tizmasi tarkibiga kiradi. Gʻarbdan Chimyonsoy vodiysi, jan-gʻarbdan Katta Chimyon togʻi va sharkdan Qoʻylisoy bilan oʻralgan. Katta Chimyon togʻidan Gulik dovoni orqali ajralib turadi. Eng baland joyi 2098 m. Paleozoy togʻ hosil boʻlish davrida burmalangan, ohaktoshlardan tarkib topgan. Keyinchalik nurab, ayrim joylarida granit jinslari ochilib qolgan. Yon bagʻirlari ancha qiya. Qoʻngʻir oʻrmon va jigarrang tuproqlar tarqalgan. Quyi qismida mevali daraxtlar, yuqorida archazor, yongʻoqzorlar va boshqa oʻsimliklar bor. Eng yuqori qismi toshloq, daraxt kam. Chimyonsoyda kurort ("Chimyon"), sanatoriy va bolalar orom-goxlari joylashgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz