KICHIK BOLXON TOG’LARI



KICHIK BOLXON TOG’LARI – Kopetdog’ning g’arbiy chekkasi bilan katta Bolxon tog’lari orasidagi past tog’li ko’tarilma. Katta Bolxon tog’larining Janubda. Shimoli-sharqdan Janubi g’arbga cho’zilgan antiklinal burma. Balandligi 777 metrgacha. Uzunligi 30 kilometrga yaqin. Ohaktosh va mergeldan tashkil topgan. Shimoliy yon bag’ri tik va qisqa, ayrim joylarida 200 metrga yetadigan qoyalar uchraydi. Janubiy yon bag’ri ancha qiya. Yon bag’irlari shuvokli va shuvoq-sho’rali cho’ldan iborat. Doimiy oqar suvlar yo’q.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz