Kian Scales




Kian Skales (2001-yil 9-noyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, „Bredford Siti“ dan ijaraga olingan „Farsli Seltik“ da yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Scales oʻz faoliyatini „Bradford City“ klubining yoshlar jamoasida oʻynashdan boshlagan, 12 yoki 13 yoshida qoʻshilgan. 2020-yil mart oyida u Bradford klubiga (Park Avenue) ijaraga oʻtdi. U 2020-yilning iyul oyida professional futbolchi sifarida klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

U 2020-yil, 8-sentyabrda EFL Trophy musobaqasida Bradford City tarkibida debyut qildi. 2020-yil dekabr oyi boshida u oʻzining asosiy jamoadagi soʻnggi yillardagi faoliyati va bosh murabbiy Stuart MacCallning „Bradford City“ning yosh futbolchilariga ishonchi haqida gapirdi.

Yangi bosh murabbiylar Mark Trueman va Connor Sellarsni hayratda qoldirgandan soʻng, 2021-yil, 23-martda Skales klub safida ikkinchi ligadagi ilk oʻyinida maydnga tushdi. U o‘zining birinchi golini 2021-yilning 27-martida urdi. Keyinchalik bu gol muxlislar tomonidan klubning 2021-yil mart oyidagi eng yaxshi goli sifatida tanlandi.

2021-yil aprel oyida Sellars Ccales va Finn Cousin-Dawson kabi yosh oʻyinchilar asosiy jamoada muntazam futbol oʻynashlaridan xursand ekanligini aytdi.

2021-yil, 12-mayda u Bradford City tomonidan yangi shartnoma taklif qilgan toʻrt futbolchidan biri edi. 2021-yilning 16-iyunida u klub bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. 2021-yil iyul oyida u yangi mavsum oldidan jamoadoshlaridan oʻrganish haqida gapirdi.

U 2021-yil sentabrida Milliy liga klublariga ijaraga berildi. U 2021-yilning noyabrida Farsley Celtic klubiga ijaraga oʻtdi. 2022-yil yanvar oyida ijaradan qaytganidan soʻng, uni yana ijaraga olish ehtimoli bor edi.

2022-23-yilgi mavsum oldidan koʻproq oʻyin vaqtiga ega boʻlish uchun Bradford City klubi bilan qolishi yoki ijaraga shartnoma bilan chiqib ketishini aytdi. U 2022-yilning avgustida Farsley Celtic klubiga yana ijara asosida qoʻshildi. Uning soʻzlariga koʻra, u ligadan tashqari oʻyinlaridagi beriladigan vaqtlar uni Bradford City klubiga qaytishi uchun qiyinlashtiradi deb oʻylagan.

Faoliyat statistikasi



2022-yil, 17-oktabr holatiga ko'ra

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz