Kiaksar




Kiaksar (yun. Kyaxares, eroniycha — Uvaxshatra) — Shim. Eron va Eron Ozarbayjoni hududida shakllangan Midiya davlatining podshohi (mil.av. 625/624 — 585/584). K. davrida Midiya Old Osiyoning yirik davlatiga aylangan. Skiflarning Old Osiyo shim.dagi hukmronligiga barham bergan. Bobil bilan ittifoqsa Ossuriya davlatini yoʻq qilgan (616—605); Mani, Urartu yerlarini va Kichik Osiyo sharqiy qismini (590 — 585) Midiya hududiga qoʻshib olgan. Lidiya bilan urush olib borib, mil.av. 585 y. sulh shartnomasi tuzgan. Oʻnga koʻra, Midiyaning gʻarbiy chegarasi Galis daryosi (hoz. Qizil Irmoq) boʻylab belgilangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz