Kia K8
Kia K8 - Kia kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan toʻliq oʻlchamli sedan. K7/Cadenza oʻrnini bosgan holda, u 2021-yil aprel oyida Janubiy Koreyada chiqarilgan.
Umumiy koʻrinish
K8 2021-yil 8-aprelda onlayn taqdimot qilindi. Avtomobil Kiaʼning “Opposites United” yangi dizayn falsafasi asosida ishlab chiqilgan.
K8 interyeri birinchi toifadagi laundjdan ilhomlangani aytilgan. Panoramali egri displey va 12 dyuymli bosh displeylar intuitiv tarzda ishlab chiqilgan axborot-koʻngilochar va HVAC tizimlari bilan birga haydovchiga yoʻnaltirilgan tartibni yaratish uchun moʻljallangan. Boshqa qulay funksiyalar qatoriga navigatsiya tizimi bilan sinxronlashtirilgan atrof-muhit yoritgichi, haydovchining ergo-harakatlanuvchi oʻrindigʻi, koʻp funksiyali markaziy tirsak suyangichi (podlokotnik) va yuqori darajadagi bosh suyangichi (podgolovnik) kiradi.
Oʻzidan oldingi va oltinchi avlod modellari Hyundai Grandeur/Azera avtomobildan farqli oʻlaroq, Shimoliy Amerika bozori uchun ishlab chiqarilmaydi.
K8 Hybrid
Kia K8 Hybrid 2021-yil 4-mayda chiqarilgan boʻlib, u anʼanaviy dvigatelga qoʻshimcha ravishda 1,6 litrli turbo gibrid dvigatel, 17 dyuymli ishlov berilgan gʻildiraklar, avtomobilning elektrlashgan ekanligini bildiruvchi emblema va maxsus klasterli grafikni taqdim etadi.
Quvvat oʻtkazgich
K8 300 PS (296 hp; 221 kW) ishlab chiqaruvchi 3,5 litrli V6 yoki bazaviy 2,5 litrli toʻrt silindrli 198 PS (195 hp; 146 kW) dvigateli bilan taklif qilinadi. Optsional tarzda 3,5 litrli LPI (suyuq propan injektrli) 240 PS (237 hp; 177 kW) dvigateli taklif qilinadi. U 8 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi bilan uygʻunlashib ishlaydi va V6 dvigatellarining yonilgʻi tejamkorligini 6 foizgacha yaxshilashga yordam beradi.
Oʻzbekistondagi sotuvlar
2022-yil 2-fevraldan boshlab Oʻzbekistonda Kia k 8 premium sport sedanining sotilishi boshlandi, uning ishlab chiqarilishi mahalliy bozor uchun „ADM-Jizzakh“ zavodida yoʻlga qoʻyildi.
Oʻzbekiston bozorida Smartstream 3,5 GDI (300 ot.kuch.) dvigateli bilan, jihozlangan, avtomatik 8-pogʻonali uzatish qutisi va old qoʻzgʻaluvhi hisoblanadi. Ushbu modelda „Drive Wise“ xavfsizlik tizimlarining keng doirasi, yagona panoramali displey (har bir ekranning diagonali-12,3 dyuym), ichki makonni jihozlashda premium audio tizimi va innovatsion echimlarga ega boʻlgan zamonaviy axborot — koʻngilochar tizimi mavjud.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org