Kia Abdullah
Kia Abdullah (1982-yil 17-mayda tugʻilgan) — britaniyalik yozuvchi va sayohatchi. Uning eng mashxur asarlari "Take It Back" (HarperCollins, 2019), Truth Be Told (HarperCollins, 2020) va Next of Kin (HarperCollins, 2021) boʻlib, ushbu dramalari eng koʻp sotilgan muallif sanaladi. The New York Times, The Guardian, The Times , The Financial Times, The Telegraph va BBC va boshqa nashrlarda ham ijod naʼmunalari chop etilgan.
Biografiyasi
Abdullahning oilasi asli Bangladeshdan boʻlib, u Londonning Tower Hamlets tumanida sakkiz farzandli oilada tugʻilib oʻsgan.
Taʼlim olishi
Abdullah Angliyada tahsil olgan. U Queen Meri va London universitetini kompyuter fanlari boʻyicha bakalavr yoʻnalishini birinchi daraja bilan tamomlagan. Uning diplom ishi dissertatsiyasi mavzusi A Program Slicing Tool for Analysing Java Programs deb nomlangan. Abdullahning IQ darajasi 150 ga teng. U Mensa International aʼzosi boʻlgan. Mensa Internation IQ darajasi 98 foizidan yuqori boʻlgan odamlar uchun ochiq boʻlgan notijorat tashkilot boʻlib, Abdullah bu tashkilotga qoʻshilganidan keyin bir yil ichida tark etdi.
Karyera
Abdullah 2003-yilda o‘qishni tamomlab, shundan so‘ng u uch yil texnologiya sohasida ishlagan. 2007-yilda u yozuvchi sifatida karyerasini davom ettirish uchun texnologiya sohasidagi ishini tashlagan. Shundan soʻng uning maoshi 50 % ga qisqarib ketadi.
2008-yildan 2010-yilgacha Abdullah The Guardian uchun siyosatdan tortib munosabatlargacha bo‘lgan qator mavzular haqida turkum maqolalar yozadi. U, shuningdek, „Asian Woman“ jurnalida intervyu oluvchi boʻlib ishlagan va bu vaqt mobaynida u Riz Ahmed, Meera Syal, Nitin Savwhney, Jay Sean va Anushka Shankar kabi taniqli osiyolik aktyor va musiqachilardan intervyu olgan.
Abdullah BBC Radio 2 ning Jeremy Vine shousi va BBC Asian Networkning DJ Nihal shoularida vaqti-vaqti bilan mehmon boʻlgan va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish va gender tengsizliklari haqida bir ochiq gaplar gapirgan. 2009-yilda u Musulmon yozuvchilar mukofotiga nomzod boʻlgan. 2011-yilda u Twitterdagi mojaroga aralashib qoldi.
2012-yilda u global nashriyot Penguin Random House ishga oʻtdi va u yerda Rough Guidesning sayohat brendida ishladi. 2014-yilda Abdullah o‘z ishini tashlab, oyiga 250 000 kishi o‘qiydigan Atlas & Boots nomli ochiq sayohat blogini yaratdi. Abdullah „Lonely Planet“ va "Rough Guides nashrlariga oʻz hissasini qoʻshgan va oʻzining sayohatlari haqida televideniya, radio, bosma va internet nashrlarida intervyular bergan.
2019-yilda Abdullah The Guardian, The Telegraph va The Sunday Times gazetalari tomonidan yuqori eʼtirof etilgan, jinoyat va triller romanlaridan biri sifatida tanlab olingan Take It Back romanini nashr etdi.
2020-yilda u oʻquvchilarga Britaniya-Osiyo mualliflarining yangi kitoblarini topishga yordam beradigan Asian Booklist veb-saytiga asos soldi. Abdullahning ikkinchi romani „ Truth Be Told“ 2020-yilda HarperCollins nashriyotida chop etilgan va natijada „Diverse Book Award“ mukofoti uchun roʻyxatga kiritilgan.
Uning uchinchi romani „Next of Kin“ 2021-yil sentyabr oyida nashr etilgan. U The Times Book of the Month deb nomlangan va CWA Gold Dagger roʻyxatiga kiritilgan. Uning toʻrtinchi romani „hose People Next Door“ esa 2023-yilda nashr etilishi moʻljallangan.
Shaxsiy hayoti
Abdullah britaniyalik sayohatchi fotograf Peter Watson bilan hozir ham munosabatda. Abdullah musulmon boʻlib tugʻilib oʻsgan. 2020-yilda u oʻzini madaniy musulmon deb bilishini aytgan.
Bibliografiya
Romanlari Foydalanilgan adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org