Ki Hui-hyeon




Ki Hui-hyeon (koreyscha: 기희현 ; 1995-yil 16-iyunda tugʻilgan), Huihyeon mononimi va sobiq sahna nomi Keti sifatida tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi-qoʻshiq yozuvchisi, reper va aktrisa. U Janubiy Koreyaning „DIA“ qizlar guruhi aʼzosi sifatida tanilgan.

Yoshligi



Ki 1995-yil 16-iyunda Janubiy Koreyaning Shimoliy Jeolla shahridagi Namvon okrugida tugʻilgan.

Faoliyati



Debyut oldidan



Ki „Woollim Entertainment“ kompaniyasining sobiq stajyori va „Lovelyz“ qizlar guruhi aʼzolari bilan mashgʻulot oʻtkazgan. 

2015-yil fevral oyida „MBK Entertainment“ kompaniyasining tanlov dasturi doirasida yangi qizlar guruhini debyut qilish rejalarini eʼlon qilingan, bu orqali jamoatchilik guruh aʼzolari bilan tanishishi mumkin edi. 2015-yil iyun oyida MBK tanlov dasturi boʻyicha rejalarini bekor qilganliklarini eʼlon qilgan va aʼzolarni ichki tanlashga qaror qilgan. „MBK Entertainment“ yakuniy tarkibni va guruh nomini oshkor qildi.

Ki „DIA“ning asosiy reperi sifatida Keti sahna nomi ostida debyut qilgan. Guruh 2015-yil 17-sentabrda "Mnet" telekanalining „M Countdown“ musiqiy dasturida oʻzining sahnadagi rasmiy ilk chiqishini nishonlagan. 2015-yil dekabr oyida guruh debyutidan koʻp oʻtmay, „MBK Entertainment“ Ki guruhdoshi Jung Chae Yon bilan birgalikda 'Mnet"da debyut qilish imkoniyati uchun „Produce 101“ realiti-qizlar guruhining tanlov dasturida „MBK Entertainment“ vakili sifatida guruhdan vaqtincha chiqib ketganini eʼlon qildi. U „DIA“ning rasmiy debyutidan oldin tinglovdan oʻtgan va shou bilan shartnomalar imzolagan. Ki 19-oʻrinni egallagan. 2016-yil 11-may kuni „MBK Entertainment“ u va Jung Chae Yon „DIA“ga qayta qoʻshilganini tasdiqlaagan. Guruhga qayta qoʻshilganidan keyin u oʻzining sahna ismini Ketidan haqiqiy ismiga (Huihyeon) oʻzgartirdi. 17-avgust kuni Ki „I.O.I“ aʼzolari Choi Yoo Jung va Choy So-mi bilan „Boi B.“ guruhi tomonidan ishlab chiqarilgan „Flower, Wind and You“ raqamli singli uchun hamkorlik qilishi eʼlon qilingan. U „Spell“ mini-albomining chiqarilishidan boshlab guruhning hozirgi sardoridir.

2016-yilda u Mnetning „Unpretty Rapstar 3“ rap tanlov dasturida ishtirokchi sifatida qatnashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz