Khloé Kardashian
Khloé Alexandra Kardashian - amerikalik shou-biznes vakili, volontyor sotsialist va model. 2007-yildan beri u oilasi bilan “Keeping Up with the Kardashians” realiti serialida suratga tushgan. Uning muvaffaqiyatli tarzda Kourtney va Khloé Take Mayami (2009–2013) va Kourtney va Khloé Take The Hamptons (2014–2015) kabi spin-off(toʻplam)larni tashkil qildi.
2009-yil sentyabridan 2016-yil oktyabrigacha Kardashian basketbolchi Lamar Odom bilan birga yashadi. U dastlabki uchrashganiga bir oy toʻlmasdan turmushga chiqqan. Ular oʻzlarining "Khloe va Lamar"(2011–2012) realiti-serialida rol oʻynagan. 2009-yilda Kardashian "The Celebrity Apprentice" filmining ikkinchi mavsumida ishtirok etgan. 2012-yilda u aktyor Mario Lopez bilan birgalikda AQShda "The X Factor" filmining ikkinchi mavsumida qatnashdi.
Kardashian opa-singillari Kourtney va Kim bilan chakana savdo va moda sanoati bilan shugʻullanadi. Ular bir nechta kiyimlar kolleksiyasini va parfyumeriyalarini chiqardilar. Qoʻshimcha ravishda 2010-yilda Kardashian Konfidential kitobini chiqardilar. Ular oʻzlarining qisqa hajmli realiti-seriali "Dash Dolls"(2015)da suratga tushishdi.
2016-yilda Kardashian oʻzining "Kocktails with Khloé" tok-shousini oʻtkazdi. Khloé Kardashian sogʻliqni saqlash va fitnes boʻyicha hujjatli "Revenge Body" filmida rol oʻynagan.
Yoshlik yillari
Khloé Alexandra Kardashian 1984-yil 27-iyun kuni Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida uy bekasi Kris va advokat Robert oilasida tugʻilgan. Uning ikkita katta singlisi Kourtney va Kim hamda ukasi Rob bor. Ularni onasining kelib chiqishi golland, ingliz, irland va shotlandiyaliklarga borib taqaladi. Otasi esa uchinchi avlod arman amerikalik edi. Ota-onasi 1991-yilda ajrashgandan soʻng, onasi 1976-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻolibi Caitlyn Jennerga (oʻsha paytda Buce) turmushga chiqdi. Ularning nikohi orqali Kardashian oilasi oʻgay aka-uka Burton "Burt", Brandon va Brodylar hamda, oʻgay opa Casey, tugʻishgan Kendall va Kylielar bilan koʻpayishdi. 1994-yilda uning otasi qotillik boʻyicha sud jarayonida futbolchi O.J. Simpsonning himoyachisi sifatida jamoatchilik e'tiboriga tushgan.
Kardashian Bel Air Prep, Saint Martin of Tours maktabi, Daniel Webster Middle School, AE Wright Middle School va Montclair Prep'ga kabi ilm dargohlarida oʻqidi. Oʻsmirlik chogʻida u Los-Anjelesdagi rim-katolik qizlar maktabi boʻlgan Marymount oʻrta maktabida qisqa vaqt oʻqidi. U oʻrta maktabni tashlab, opa-singillari oʻqishni tugatgandan soʻng, Alexandriya akademiyasiga oʻqishga kirdi. U 17 yoshida, imtiyozli diplom bilan tugatdi. Oilaviy realiti-shousidan oldin Kardashian Nicole Richiening yordamchisi boʻlib ishlagan.
Faoliyati
2007–2009-yillar: Faoliyatining boshlanishi.
2007-yil fevral oyida singlisi Kim Kardashian va uning sobiq sevgilisi Rey J, Superstar tomonidan tayyorlangan 2003-yilgi uyatsiz videosi tarqaldi va bu esa jamiyatning tortdi. Oʻsha yilning oxirida Khloé Kardashian, onasi Kris, uning oʻgay otasi Caittlyn, uning ukalari Kourtney, Kim va Rob va opa-singillari Kendall va Kylielar"Keeping Up with the Kardashians" realiti-serialida qatnashishdi. Serial va uning singlisi Kimning mashhurligi Kardashianlarning mahsulotlari juda tez sotib olinishiga olib keldi. Bular orasida beli ingichka shimlar, goʻzallik mahsulotlari kiradi. Ular uchun Instagram, Facebook va Twitterdagi har bir reklama posti uchun(2016-yil holatiga) 75 000 dollar toʻlanardi.
Khloé Alexandra Kardashian Kourtney va Khloé Take Mayami va Khloé & Lamar kabi spin-offlarni tashkil qildi.
2009-yil aprel oyida Khloé Alexandra Kardashian va uning singlisi Kortni Florida shtatining Mayami shahrida D-A-SH doʻkonini ochishdi.
Khloé Alexandra Kardashian "The Celebrity Apprentice" filmining ikkinchi mavsumida ishtirok etdi. 2009-yil iyun oyida Khloé Alexandra Kardashian va uning opa-singillari tabiiy mahsulotlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Idol White nomli tishlarni oqartiruvchi ruchka ishlab chiqishdi. Uch opa-singil 2010-yil mart oyida zargarlik buyumlarini chiqardi. 2010-yilning bahorida opa-singillar Bebe uchun kiyim-kechak ishlab chiqarishdi. Bebe 2010-yil dekabr oyida hamkorlikdan voz kechishlarini e'lon qildi. 2010-yil sentyabr oyida Kardashian va uning opa-singillari K-Dash kiyim-kechak ishlab chiqarish liniyasini tashkil qildi. Kardashian va uning opa-singillari 2010-yilda chiqarilgan va Kardashian Glamour Tan deb nomlangan mahsulotni koʻp miqdorda sotdi.
2010-yildan hozirgi kungacha: Televizion va boshqa ishlari
Opa-singillar, 2010-yil noyabr oyida Kardashian Konfidential kitobini chiqardilar. 2011-yil fevral oyida Kardashian va uning eri "Unbreakable" deb nomlangan atirni chiqardilar. 2011-yil may oyida Kardashian va uning opa-singillari oʻzlarining birinchi romanlarini nashr etishlarini e'lon qilishdi. Nashr qilishdan oldin opa-singillar kitoblariga nom berishda muxlislaridan yordam soʻrashdi. Gʻolibga romanda ishtirok taklif qilishdi. 2011-yil iyul oyida gʻolib Dollhouse ekanligi e'lon qilindi. 2012-yil oktyabr oyida Kardashian va Odom bayram mavsumidan ilhomlangan ikkinchi “Unbreakable Joy” atirini chiqardilar.
Kardashianning "The Mix Up With Xloé Kardashian Odom" radio shousi "bir soatlik bo'lib, reklamasiz shou hisoblanadi. U yerda Kardashian eri Lamar bilan Dallasda bo'lganida Mavericks mavsumida so'rovlar o'tkazadi, mashhur do'stlari bilan suhbatlashadi va hokazo. Shou 2012-yil 30-yanvarda efirga uzatildi. Keyinchalik u MTV kompaniyasining 2012-yil fevral oyida Kelly Osbourne va Miley Cyrus bilan "Punk'd" teleserialida chiqdi. 2012-yil oktyabr oyida Kardashian va Mario Lopez T"he X Factor"ning Amerika versiyasida ikkinchi mavsumining hammualliflari sifatida tasdiqlandi. 2013-yilning 22-aprelida Kardashian oʻzining uchinchi mavsumi uchun "X Factor" hamkorligiga qaytmasligi tasdiqlandi. 2014-yil 26- martda Keeping Up with Kardashians spin-off seriyasini e'lon qildi. 2015-yilda u "Strong Looks Better Naked" nomli kitobini nashr etdi.
2016-yil yanvar oyida Kardashian FYI kabel kanalida efirga uzatilgan Khloé pop-madaniyati mavzusidagi estrada tok-shousiga mezbonlik qildi. Shou 14 qismdan keyin bekor qilindi. Kardashian va ishbilarmon ayol Emma Grede o'sha yili o'zlarining Good American kiyim-kechak liniyasini ishga tushirdilar va birinchi kunida sotuvdan 1 million dollar ishlab oldilar. Good American oʻlchami 00 dan 24 gacha boʻlgan jinsi shimlar sotishdan boshlandi va turli xil kiyimlarni, jumladan, mashgʻulot kiyimlari, koʻylaklar va tugʻruq kolleksiyasi bilan kengaytirildi. 2019-yil 14-iyun kuni Kylie Cosmetics Kardashian bilan Kylie Cosmetics x Koko Kollection nomli hamkorligini boshladi. Bu ularning 2016-yilda Koko Kollection deb nomlangan maxsus lab boʻyogʻi toʻplami va 2017-yilda ikkinchi qismi sotuvga chiqarilgan. 2020-yil oktyabr oyida u Kiwi Dose & Co kompaniyasining brend elchisi va hammuallifi boʻlganini e’lon qilindi.
2021-yil sentyabr oyida Khloe Kardashian Candy Crush Saga turniriga mezbonlik qildi va bu oʻyinning birinchi turniri hisoblanadi. Turnir 23-sentyabrdan 7-oktyabrgacha ilovada oʻtkazildi.
Ommaga ko'rinishi
Kardashian 2007-yilda "Keeping Up with the Kardashians" premyerasi boshlanganidan beri uning tanasiga qaratilgan tanqidlar va ko'plab salbiy sharhlarni oldi. Uni opa-singillari Kourtney va Kim bilan solishtirishardi. Kardashian: “Men televizorga chiqmagunimcha va ommaviy axborot vositalari men haqimda shunday deyishni boshlamaganicha men “semiz singl” ekanligimni tushunmadim. Men opalarimga oʻxshamasligimni va menda bunday qomat yoʻqligini bilardim, lekin buni notoʻgʻri deb oʻylamagan edim” -deb aytgan edi. Kardashianning yuzi so'nggi yillarda ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikning e'tiborini tortdi. Biroq, Kardashian jarrohlik amaliyotini rad etib, vazn yo'qotgan, yuzidagi yog'larni yo'qotgan.
Shaxsiy hayoti
Salomatlik
2001-yilda Kardashian avtohalokatda bosh miya jarohatini oldi. U old oynadan otilib ketdi va uzoq muddatga xotirasini yo'qotib, miyasi qattiq chayqaldi.
Kardashianda migren bor, u oltinchi sinfda bo'lganidan beri bu kasallikka chalingan. Voyaga yetganida, u migren farmatsevtikasi Nurtec ODTning matbuot kotibi bo'ldi, bu esa unga yordam berganini aytdi.
2020-yil 28-oktyabr kuni Kardashian ijtimoiy tarmoqlarda unga COVID-19 tashxisi qoʻyilgani haqida videoni joylashtirgan edi. Videoda u shunday degan edi: "Men migrendan aziyat chekaman, lekin bu eng aqldan ozgan bosh ogʻrigʻi boʻldi".
2021-yil 29-oktyabrda Kardashian Twitter orqali u va uning uch yoshli qizi Trueda COVID-19 testi ijobiy chiqqanini videoni muxlislarga yetkadi. Tvitterda maxsus tvit yozgan Kardashian "True va men Covid uchun ijobiy test oʻtkazdik. Men bir nechta bajarish kerak boʻlgan majburiyatlarni bekor qilishga majbur boʻldim va ularni bajara olmasligimdan afsusdaman. Yaxshiyamki, men emlanganman, shuning uchun hammasi yaxshi boʻladi".
Aloqalar
Kardashian 2008-yilda basketbolchi Rashad McCants bilan uchrashgan. Ular yetti oydan soʻng 2009-yil yanvar oyining oxirida ajralishdi. 2009-yil 27-sentyabrda Kardashian o'sha paytda Los-Anjeles Lakers a'zosi bo'lgan professional basketbolchi Lamar Odomga turmushga chiqdi. Er-xotin Odomning Metta World Peace uchun ziyofatda uchrashganidan roppa-rosa bir oy o'tgach turmush qurishdi. Kardashian otasining ismini olib tashladi va erining familiyasini oldi hamda Khloe Kardashian Odomga aylandi.
2013-yil 13-dekabrda, bir necha oylik tasdiqlanmagan ajralish xabaridan soʻng, Kardashian ajrashish va familiyasini tiklash uchun ariza berdi. Har ikki tomon 2015-yil iyul oyida ajralish toʻgʻrisidagi hujjatlarni imzoladi. 2015-yil oktyabr oyida Odom Nevadadagi fohishaxonada hushsiz holda topilganidan soʻng kasalxonaga yotqizilganida, ajrashish uchun hali sudyadan yakuniy rozilikni olmagan edi. U to'rt kun komada edi. U kasalxonada yotganida, Kardashian ajrashish haqidagi arizasini qaytarib oldi. "People" jurnaliga bergan intervyusida Kardashian ular yarashmaganini tasdiqladi. Kardashian va Odomning ajrashishi 2016-yilning dekabrida yakuniga yetdi.
2014-yil yanvar oyida u reper fransuz Montana bilan uchrashishni boshladi. O'sha yilning dekabr oyida ular ajralishdi. Kardashian basketbolchi James Harden bilan 2015-yildan uchrashishni boshladi.
Kardashian basketbolchi Tristan Tompson bilan 2016-yilda uchrasha boshlagan. Kardashian 2018-yilning 12-aprelida bahs-munozaralar ostida True Tompson ismli qizni dunyoga keltirdi. 2019-yil fevral oyida Kardashian va Thompson ajralishdi. Thompson oʻzining kichik oʻgay singlisi Kyle Jennerning oʻsha paytdagi eng yaxshi doʻsti Jordyn Woods bilan Kardashianni aldagani ma’lum boʻldi. 2020-yil avgust oyida ular COVID-19 pandemiyasi paytida birga karantindan soʻng munosabatlarini tikladilar. 2021-yil iyun oyida ular yana ajralishdi.
Faollik
Kardashian arman genotsidining tan olinishini qo'llab-quvvatlaydi va Armanistonning Yerevan shahridagi qurbonlar yodgorligi Tsitsernakaberdga tashrif buyurdi. 2021-yil aprel oyida Kardashian prezident Joe Bidenni armanlar genotsidini rasman tan olgani uchun maqtab qo'ygan edi.
2020-yil oktyabr oyida Kardashian Artsax Respublikasi va armanlarni qo'llab-quvvatlab, Ozarbayjonning 2020-yilgi Tog'li Qorabog' mojarosiga aralashishini qoraladi. 2020-yil 10-oktyabr kuni u Armaniston Fund nomli mablagʻ yigʻish telemarafonida nutq soʻzladi va tomoshabinlarni soʻnggi urushdan jabrlanganlarga yordam berish uchun pul xayriya qilishga chaqirdi.
Dini
Kardashian nasroniy bo'lib, har kuni o'ziga va uning "glam jamoasi" ga bag'ishlangan kitobni o'qiydi.
Huquqiy masalalarda
2007-yil 4-martda Kardashian mast holda mashina haydagani uchun hibsga olingan. 2008-yil 18-iyulda u sinov muddatini buzganligi uchun qamoqqa tashlanishi haqida xabar berilgan. U 30 kungacha qamoq jazosiga hukm qilindi va qamoqdan chiqqanidan keyin uch hafta ichida spirtli ichimliklarni davolash dasturiga yozildi.
Filmografiyasi
Bibliografiyasi
Eslatmalar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org