Khepresh




Khepresh (ḫprš) qadimgi Misr qirollik bosh kiyimi. U koʻk toj yoki urush toji nomi bilan ham tanilgan. Yangi Shohlik fir’avnlari koʻpincha jangda uni kiyganlari tasvirlangan, lekin undan marosimlarda ham foydalanishgan. Ilgari uni koʻpincha urush toji deb atalgan, ammo zamonaviy tarixchilar Khepreshni bunday taʼrifga mos hisoblamaydilar.

Khepreshning asl namunasi hali topilmagan. Qadimgi tasvirlarga asoslanib, baʼzi Misrshunoslar khepresh charmdan yoki qattiq matodan tayyorlangan deb taxmin qilishgan. Deshret (qizil toj) va hedjet (oq toj) oʻsimlik tolasidan toʻqilgan. Boshqa koʻplab qirollik tojlarida boʻlgani kabi, uraeus (kobra) khepreshning old tomoniga oʻrnatilgan.

Tarix



Moviy toj yoki urush toji ierogliflarda ham tasvirlangan.

Khepresh haqida eng qadimgi maʼlumot fir’avn Neferxotep III hukmronligi davrining ikkinchi oraliq davrga toʻgʻri keladi. Yangi qirollik va oʻn sakkizinchi sulolaning birinchi shohi Ahmose I hukmronligi davridagi suratlarda khepresh qalpoq tojidan balandroq va koʻp burchakli shaklda chizzilgan. Bu tojning shakli oʻn sakkizinchi sulola davrida oʻzgara boshlagan. Xatshepsut va Tutmos III davrida oʻzining hozirda koʻpchilikka maʼlum boʻlgan shakliga kelgan.

Amenxotep III hukmronligidan keyin, ayniqsa 18 va 19-sulolalar davrida kelib khepresh urfga kirga va hatto baʼzi fir’avnlar tomonidan asosiy toj sifatida qabul qilingan. Toj Kushitlar sulolasida (miloddan avvalgi 747-656 yillar) hukmronligi davridan boshlab foydalanilmay qoʻyilgan.

Yangi Shohlik davrida fir’avnlar harbiy yurishlar paytida khepreshni kiygan holatda tasvirlangan. Biroq, baʼzi olimlarning fikriga koʻra, toj fir’avnning ilohiy kuchini uygʻotish uchun moʻljallangan deb hisoblashadi.

Galereya




Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz