Khan Academy
Khan Academy — Amerikaning notijorat taʼlim tashkiloti boʻlib, u 2006-yilda Sal Khan tomonidan talabalarni oʻqishga yordam beradigan onlayn vositalar toʻplamini yaratish maqsadida tashkil etilgan. Tashkilot video shaklida qisqa darslarni tayyorlaydi. Uning veb-saytida qoʻshimcha mashqlar va oʻqituvchilar uchun materiallar mavjud. Barcha manbalar veb-sayt va ilova foydalanuvchilari uchun bepul taqdim etilgan.
Veb-sayt va uning tarkibi asosan ingliz tilida taqdim etilgan, ammo boshqa: arab, arman, ozarbayjon, bengal, bolgar, xitoy, chex, dat, golland, fransuz, gruzin, nemis, gujarot, ibron, hind, indonez., italyan, yapon, koreys, Norveg, polyak, portugal (Braziliya va Yevropa), serb, ispan, shved, tamil, telugu, turk, urdu va oʻzbek tillarida ham mavjud.
Tarixi
Tashkilot 2008-yilda Salman Khan oʻz qarindoshlaridan birini matematikadan oʻqitish maqsadida Yahoo! Doodle Images dasturi orqali darslarni joʻnatgan paytida boshlangan. Biroz vaqtdan soʻng, Khanning boshqa amakivachchalari uning repetitorlik xizmatidan foydalanishni boshlashdi. Talab tufayli, Khan oʻz videolarini Internetda ham koʻrish imkoniyatini yaratishga qaror qildi, shuning uchun u oʻz videodarslarini YouTube-ga joyladi. Keyinchalik u SmoothDraw deb nomlangan rasm dasturidan foydalangan (hozirda ArtRageʼdan foydalanib rasm chizish uchun Wacom planshetidan foydalanadi). Video darslar uning kompyuterida yozib olingan edi.
Ijobiy javoblar Khanni 2009-yilda ishdan ketishga va darslarga (keyinchalik Khan Academy nomi bilan tanilgan) toʻlaqonli eʼtibor berishga undadi. Salman Khan tomonidan 2014-yil 15-sentabrda Kaliforniyada Khan Lab maktabi ochildi. 2017-yil iyun oyida Khan Academy kollej bitiruvchilari, ish qidiruvchilar va yosh mutaxassislar uchun moliyaviy savodxonlik boyicha videodarslarni namoyish etdi.
Moliyalashtirish
Khan Academy 501 (c)(3) notijorat tashkilot boʻlib, asosan xayriya tashkilotlari xayr-ehsonlaridan moliyalashtiriladi. 2010-yilda Google oʻzining „10 dasturi doirasida yangi kurslar yaratish va kontentni boshqa tillarga tarjima qilish uchun 2 million dollar ajratdi. 2013-yilda, Karlos Slim (Meksikadagi Karlos Slim fondi), videolarni ispan versiyalarini yaratish uchun xayriya qildi. 2015-yilda AT&T Khan Academyga ilovalar orqali kirish mumkin boʻlgan kontentning mobil versiyalari uchun 2,25 million dollar miqdorida xayriya qildi. Khan Academyning AQSh Ichki daromad xizmatiga topshirgan maʼlumotiga koʻra, Salman Khanning 2015-yilda yillik maoshi 800 ming dollarni tashkil etgan. 2013-yilda sobiq prezident va COO Shantanu Sinha ham 375 ming dollardan ortiq kompensatsiya olgan. 2018-yilda Salman Khanning yillik maoshi 824 ming dollarni tashkil qildi. COO Jini Li maoshi 700 ming dollarni tashkil qildi.
Tarkibi
Khan Academyning veb-sayti asosan YouTubeda joylashtirilgan videolarda yaratilgan shaxsiy oʻquv tajribasini taqdim etishga qaratilgan. Veb-sayt oʻz videolariga qoʻshimcha sifatida ishlatilishi kerak, chunki u boshqa narSalmanarni, maSalmanan, oʻzlashtirishni kuzatish, mashqlarni sinab koʻrish va boshqa oʻqitish vositalarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, materiallarga mobil ilovalar orqali ham kirish mumkin.
Videolarda elektron doskaga chizilgan rasmlar yozilgan boʻlib, ular oʻqituvchining dars berish uslubiga oʻxshashdir. Hikoyachi har bir rasmni va ular oʻqitilayotgan material bilan qanday bogʻliqligini tasvirlaydi. Notijorat guruhlar videolarning oflayn nusxalarini Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikaning qishloq joylariga tarqatishgan. Videolar maktabdagi barcha mavzular va bolalar bogʻchasidan boshlab oʻrta maktabgacha boʻlgan barcha sinflar uchun moʻljallangan. Shuningdek, Khan Academyning vebsayti Crash Course va Museum of Modern Art kabi bir qator YouTube taʼlim kanallari uchun platforma vazifasini oʻtaydi. Shuningdek, u SAT va MCAT va 2018-yilda chiqarilgan LSAT tayyorgarlik darslarini oʻz ichiga olgan standart testlarga tayyorgarlik koʻrish uchun onlayn kurslarni ham taqdim etadi. Khan Academy, shuningdek, Code.org ning „Dasturlash soati“ kursini qoʻllab-quvvatlagan holda oʻz vebsaytida dasturlash darslarini ham taqdim etadi.
2017-yil iyul oyida Khan Academy College Board’s Advanced Placement ning rasmiy hamkoriga aylandi.
Til mavjudligi
Khan Academyning videolari bir necha tillarga tarjima qilindi, 20 mingga yaqin subtitrli tarjimalar ham mavjud. Ushbu tarjimalar asosan xalqaro hamkorlik yordamida koʻngillilar tomonidan yaratilgan. Khan Academy platformasi Ingliz (en), Bangla (bn), Bolgar (bg), Xitoy (zh), Fransuz (fr), Nemis (de), Gruzin (ka), Norveg (nb), Polyak pl) Portugal (pt), Ispan (es), Serb (sr), Turk (tr) va Oʻzbek (uz) tillarida toʻliq va 28ta boshqa tillarda qisman mavjud.
Rasmiy SAT amaliyoti
2015-yildan beri Khan Academy SAT amaliy vebsayti hisoblanadi. Tahlillarga koʻra, Khan Academyda SAT mashqlarini 20 soat davomida oʻqish oʻrtacha 115 balli oʻsishga yordam berishi mumkin.
Pixar in a Box
2015-yilda Khan Academy Pixar bilan hamkorlikda Pixar in a Box nomli yangi kursni yaratdi, u maktabda oʻrganilgan koʻnikmalar Pixarda ijodkorlarga qanday yordam berishini oʻrgatadi.
Khan Academy bolalar uchun
2018-yilda Khan Academy Khan Academy Kids deb nomlangan dastur yaratdi. Ikki yoshdan olti yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan dastur, ularga maktabga borishdan oldin kerak boʻladigan asosiy koʻnikmalarni (asosan matematika va til sanʼati) oʻrgatish uchun moʻljallangan.
Tanqid
Khan Academy tanqidchilari, uning yaratuvchisi Salman Khanni rasmiy maʼlumoti yoki pedagogikada malakasi yoʻqligi sababli tanqid qiladi. Bir nechta videolardagi bayonotlar, ayniqsa tarix sohasida, ularning texnik toʻgʻri yoki notoʻgʻriligi shubha ostiga olingan. Ushbu tanqidlarga javoban tashkilot oʻz videolaridagi xatolarni tuzatdi, fakultetini kengaytirdi va 200 dan ortiq kontent boʻyicha mutaxassislar tarmogʻini shakllantirdi.
Salman Khan 2016-yilning yanvar oyidagi intervyusida Khan Academyning onlayn maʼruzalarning ahamiyatini cheklanganligi tan olgan holda: „Men onlayn taʼlimni qimmatli deb oʻylayman, ammo men hech qachon ular qandaydir tarzda toʻliq taʼlim beradi deb ayta olmayman“. Khan Academy oʻzini oʻqituvchilarning anʼanaviy maʼruzalardan ozod qilishi va talabalarning individual ehtiyojlariga moslashishi uchun koʻproq vaqt berish orqali samaradorligini oshirish qobiliyatiga ega boʻlgan holda oʻzini sinf ichidagi oʻqishga qoʻshimcha platforma sifatida baholaydi.
Sovrinlari
Khan Academy AQShda ham xalqaro miqyosda tan olingan:
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org