Khabib Nurmagomedov
Xabib Abdulmanapovich Nurmagomedov (ruscha: Хабиб Абдулманапович Нурмагомедов; avar Хӏабиб Нурмухlамадов; 20-sentabr 1988-yilda tugʻilgan) – isteʼfodagi rossiyalik professional jangchi. U, xususan, Ultimate Fighting Championship (UFC) ning yengil vazn toifasida qatnashgan boʻlib, 2018-yilning aprelidan to 2020-yil oktabrigacha (isteʼfoga chiqqunga qadar) UFC yengil vazn chempioni boʻlgan. Khabib 29 ta gʻalaba va magʻlubiyatlar yoʻqligi bilan „magʻlubiyatsiz rekord“ bilan isteʼfoga chiqdi. 2020-yil 9-sentabr holatiga koʻra, u UFC erkaklar pound-for-pound reytingida 1-oʻrinni egallab turmoqda.
Rossiyaning Dogʻiston viloyatidan kelgan avar – Nurmagomedov, UFC chempioni boʻlgan birinchi musulmon sanaladi. Sambo boʻyicha ikki karra jahon chempioni boʻlib, u sambo, dzyudo va kurash bilan shugʻullangan. Uning kurash uslubi uni MMA tarixidagi eng yaxshi sportchilarning biriga aylantirdi. 2020-yil oktabr oyi holatiga koʻra, Nurmagomedov Instagramda 24 milliondan oshiq obunachilar ega hisoblanadi.
Hayoti
Nurmagomedov avar oilasida 1988-yil 20-sentabrda sobiq Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan Dogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Tsumadinskiy tumanida joylashgan Sildi qishlogʻida tugʻilgan, keyinroq esa oilasi bilan Dogʻiston poytaxti hisoblanmish Maxachqalaga koʻchib oʻtishgan. Nurmagomedov uch farzandning ikkinchisi boʻlib, akasi Magomed, singlisi esa Amina. Otasining oilasi Tsumadinskiy tumanidagi Sildi qishlogʻidan Kirovaulga koʻchib oʻtishganidan soʻng, otasi ularning ikki qavatli uyining pastki (birinchi) qavatini sport zaliga aylantirgan. Nurmagomedov uy sharoitida aka-ukalari va amakivachchalari bilan voyaga yetgan. Uning jang sanʼatiga qiziqishi oʻquvchilar sport zalida mashgʻulotlarni tomosha qilishdan boshlangan.
Dogʻistondagi koʻplab bolalar qatori, Khabib ham kurashni yoshligidan boshlagan: u sakkiz yoshida otasi Abdulmanap Nurmagomedov murabbiyligi ostida boshlagan. Uning otasi ham yoshligidan, dzyudo va sambo boʻyicha harbiy mashgʻulotlardan qatnashgan. Khabibning bolaligida shugʻullangan mashgʻulotlar, masalan toʻqqiz yoshida ayiq bilan kurashni oʻz ichiga olgan.
Aralash jang sanʼatidagi janglari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org