Keyshl Blu




Keyshl Blu (inglizcha Cashel Blue) — Irlandiyaning Janubiy Tipperari shahrida ishlab chiqarilgan moviy dogʻli pishloq. U britaniyaning friz zotli sigir sutidan tayyorlanadi (inglizcha. Frisonas Britanicas). Sut foydalanishdan oldin pasterizatsiyalanadi.

Tarixi



Pishloqni ishlab chiqarish Grab oilasi tomonidan 1984-yilda boshlangan. (Grubb). Pishloq oʻz nomini Tipperari vodiysi yaqinida joylashgan Keyshl qoyasidan olgan. Pishloqning yangi retseptini yaratuvchilari Daniya Moviy (Danish Blue) pishlogʻiga oʻxshash mahsulot tayyorlamoqchi boʻlishgan. Ammo, kutilmaganda butunlay boshqacha Keyshl Blu pishlogʻi tayyorlandi. Xuddi shu oila hozirda 200 akr hududda joylashgan fermasida pishloq tayyorlash bilan shugʻullanadi.

Tavsif



Pishloq nozik taʼmga va yoqimli qaymoqli shaklga ega. Pishib yetilish jarayoni 9 dan 35 haftagacha davom etadi. Pishloq blokining ogʻirligi bir yarim kilogrammni tashkil qiladi. Pishloq yumshoq, nozik tuzilishga va mayda koʻk tomirlarga ega. Mogʻorlagan chiziqlari tufayli Keyshl Blu pishlogʻi koʻk rangga ega boʻlib, mogʻor mavjudligi uning taʼmida seziladi. Pishloq shirin rezavorlar, nok boʻlaklari, viski yoki quruq oq sharob bilan uygʻunlik kashf qiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz