Keyp-york




Keyp-york — Avstraliyaning shim.-sharqiy qismidagi yarim orol. Marjon dengizi bilan Karpentariya qoʻltigʻi oraligʻida. Uz. 600 km dan ziyod. Mayd. 300 ming km. Gʻarbiy qismi pasttekislik, sharqi yassitogʻlik (bal. 555 m gacha). Iqlimi subekvatorial. Evkalipt oʻrmonlari, gʻarbiy sohillarida mangra oʻrmonlari, sharqida doim yashil sernam tropik oʻrmonlar bor. Boksitning katta konlari topilgan, oltin, qoʻrgʻoshin qazib olinadi. Milliy parklar bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz