Kevin Systrom




Kevin Systrom (1983-yil 30-dekabrda tugʻilgan) – amerikalik kompyuter dasturchisi va tadbirkor. U Mayk Krieger bilan birgalikda dunyodagi eng yirik fotosuratlar almashish veb-sayti Instagramga asos solgan.

Systrom 2016-yilda Amerikaning 40 yoshgacha boʻlgan eng boy tadbirkorlari roʻyxatiga kiritilgan. Instagram Systrom bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimida ishlagan davrda eng tez rivojlanayotgan ilovalardan biriga aylandi. U 2018-yil 24-sentyabrda Instagram bosh ijrochi direktori lavozimini tark etdi.

Meta Platforms (sobiq Facebook, Inc.) 2012-yilda Instagramni 1 milliard dollarga sotib oldi, bu oʻsha paytda 13 nafar xodimi boʻlgan kompaniya uchun juda katta summa edi. Instagram bugungi kunda bir milliarddan ortiq foydalanuvchiga ega va Meta Platforms yillik daromadiga 20 milliard dollardan ortiq hissa qoʻshadi.

Yoshlik yillari va taʼlimi



Systrom 1983-yilda Massachusets shtatining Holliston shahrida tugʻilgan.

Systrom Massachusets shtatining Konkord shahridagi Middlesex maktabida oʻqigan va oʻsha yerda birinchi bor dasturlash bilan tanishgan. Bolaligida „Doom 2“ video oʻyinini oʻynashi uni dasturchilikka koʻproq qiziqishiga sabab boʻlgan.

U oʻrta maktabda oʻqib yurgan paytida Bostondagi gromofon plastinkalari doʻkoni „Boston Beat“da ishlagan.

Systrom Stanford universitetida oʻqigan va 2006-yilda menejment va muhandislik boʻyicha bakalavr darajasini olgan. U Mark Zuckerbergning ishga qabul qilish taklifini rad etdi va uning oʻrniga Florensiyada fotografiya boʻyicha tahsil oldi.

Karyera



Google



Stenfordni tugatgandan soʻng u Google kompaniyasiga ishga qabul qilindi va Gmail, Google Calendar, Google Docs, Spreadsheets va boshqa mahsulotlar ustida ishladi.

Instagram



2010-yilda Systrom San-Franciscoda (Kaliforniya) Mayk Kriger bilan surat va keyinchalik video almashish imkonini beruvchi ijtimoiy tarmoq, Instagramga asos soldi.

2012-yil aprel oyida Instagram 13 nafar xodimi bilan birga Facebook’ga 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi naqd pul va aksiyalar evaziga sotildi. Koʻpgina maʼlumotlarga koʻra bitim, biznesdagi ulushiga binoan, Systromga 400 million AQSh dollarini taqdim qildi.

Forbes nashriga bergan intervyusida u shunday dedi: "Instagram – bu muloqotning yangi shakli boʻlib, u bugungi ijtimoiy media olamida doim siz bilan birga boʻlgan iPhoneʼga juda mos keladi. Instagram bu suratlar atrofida qurilgan ijtimoiy tarmoq boʻlib, u yerda odamlar suratlarga tezda izoh berishlari yoki „like“ qoldirishlari hamda ularni Twitter yoki Facebook’da baham koʻrishlari mumkin".

2018-yil 24-sentyabrda Systrom Instagramdan isteʼfoga chiqqani va bir necha haftadan keyin ketishini eʼlon qilindi.

Artifact



2023-yil 31-yanvarda Krieger va Systrom App Store va Google Play’da sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan Artifact yangiliklar ilovasini ishga tushirishdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz