Kevin Mercado




Kevin Bryan Mercado Lima (talaffuzi: Kevin Brayan Merkado Lima; 1995-yil 28-yanvarda Guayaquil shahrida tugʻilgan) — ekvadorlik futbolchi, „Necaxa“ futbol klubi vingeri.

Klublardagi faoliyati



Kevin Mercado „LDU Quito“ futbol klubining bitiruvchisi. 2012-yil 11-avgustda „Tecnico Universitario“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Ekvador premyer ligasida debyut qilgan. 2013-yil 12-may kuni „LDU Loja“ futbol klubiga qarshi bahsda Kevin Mercado „LDU Quito“ futbol klubi safida o‘zining birinchi golini urgan. 2014-yilning yozida Kevin Mercado jamoadoshi Gabriel Corozo bilan birga Ispaniyaning „Granada“ jamoasiga oʻtgan.

2016-yil boshida Kevin Mercado yana „Atlético Sarmiento“ futbol klubi tomonidan ijaraga olingan. 9-fevral kuni „Vélez Sarsfield“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. Ijara muddati tugagandan soʻng, Kevin Mercado qisqa vaqt ichida „Granada“ futbol klubiga qaytgan, ammo 2017-yil boshida u „CSKA Sofiya“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 25-fevral kuni „Beroe“ futbol klubi qarshi oʻyinda u Bolgariya chempionatida debyut qilgan. 11-mart kuni „Montana“ futbol klubiga qarshi bahsda Kevin „CSKA“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.

Xalqaro faoliyati



2011-yilda Kevin Mercado Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Boliviya, Peru, Kolumbiya, Paragvay, Braziliya, Urugvay va ikki marta Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Boliviyaliklarga qarshi kechgan bahsda Kevin gol urgan.

Oʻsha yilning yozida Kevin Mercado Meksikada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Panama, Burkina-Faso va Braziliya jamoalariga qarshi duelda oʻynagan. Burkiniyaliklarga qarshi kechgan bahsda Kevin Mercado gol urgan.

2015-yilda Ekvador yoshlar jamoasi tarkibida Kevin Mercado Urugvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Argentina, Peru, Boliviya va Paragvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz