Kevin Lynch
Kevin Lynch (talaffuzi: Kevin Linch) (1991-yil 23-aprelda tugʻilgan)—amerikalik professional xokkeychi. Kevin Lynch hozirda erkin agent boʻlib, yaqinda Amerika Xokkey Ligasi (AHL) vakili „Grand Rapids Griffins“ xokkey klubi bilan shartnoma tuzgan.
Oʻyin faoliyati
Kevin Lynch Michigan universitetida oʻqidi, u yerda u „Michigan Wolverines“ xokkey klubi safida NCAA xokkey turnirining toʻrt mavsumini (2009—2013) oʻtkazdi. Kevin Lynch 2008—2009-yilgi CCHA chempioni „Wolverines“ xokkey klubi aʼzosi edi.
2013-yil 10-sentyabrda Amerika Xokkey Ligasi vakili „Grand Rapids Griffins“ jamoasi Lynch bilan bir yillik shartnoma imzoladi. „Griffins“ klubining oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashgandan soʻng, Kevin Lynch 2013—2014-yilgi mavsumni boshlash uchun ECHL filialiga, „Toledo Walleye“ xokkey klubiga tayinlandi. Lynch mavsumni ECHLda oʻtkazdi va „Walleye“ xokkey klubi bilan 53 oʻyindan soʻng „Evansville IceMen“ klubiga qayta tayinlandi.
2014-yil 11-sentyabrda Lynch „Florida Everblades“ xokkey klbui bilan bir yillik shartnoma imzolab, ECHLdagi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi. 2014-yil 15-dekabrda Lynch „Everblades“ klubi filiali „Syracuse Crunch“ xokkey klubi bilan mavsumning qolgan qismi uchun AHL shartnomasini imzoladi.
2016-yil 7-iyulda Lynchning huquqlari „Everblades“ klubi tomonidan „Indy Fuel“ klubiga sotildi. Keyin Kevin Lynch „Fuel“ klubi bilan bir yillik shartnomaga rozilik bildirdi.
2017-yil 21-yanvardaKevin Lynch „Crunch“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U mavsumning qolgan qismini „Crunch“ klubi bilan oʻtkazdi va Calder kubogi pley-off bosqichida finalga chiqdi. Mavsum yakunlangach, „Crunch“ klubi Lynch bilan 2017—2018-yilgi mavsum uchun bir yillik AHL shartnomasini imzoladi.
Mavsumdan soʻng Kevin Lynch NHL filiali „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Kevin Lynch mavsum davomida koʻplab jarohatlar oldi va uchta jarrohlik amaliyoti tufayli 2018—2019-yilgi mavsumni toʻliq oʻtkazib yubordi. Kevin Lynch 2018-yil oktyabr oyida „Lighting“ klubi bilan mavsumoldi mashgʻulotlarida miyasidan va oyogʻidan jarohat olgan edi va 2018-yil oktyabr oyida uning jarohatlari bilan bogʻliq uchta operatsiya oʻtkazildi.
Lynch kelgusi mavsumda kutilayotgan erkin agent boʻlishiga qaramay, 2019-yilgi „Lightning“ klubining oʻquv-mashgʻulot lageriga taklif oldi. Keyinchalik u shartnomasiz ozod qilindi va 2019-yil 1-oktyabrda „Laval Rocket“ xokkey klubi bilan bir yillik AHL shartnomasini imzoladi.
2020—2021-yilgi mavsum oraligʻida erkin agent sifatida Lynch oʻzining professional faoliyatini davom ettirish uchun 2021-yil 9-avgustda „Grand Rapids Griffins“ xokkey klubi bilan bir yillik AHL shartnomasiga rozi boʻldi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org