Kevin Kampl




Kevin Kampl (1990-yil 9-oktyabr, Solingen, Germaniya ) — nemis va sloveniyalik futbolchi, „RB Leyptsig“ va Sloveniya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida faoliyat olib boradi.

Jamoalardagi faoliyati




Kampl Germaniyaning „Bayer 04“ klubi futbol akademiyasi bitiruvchisidir. 2008-yilda u o'rinbosarlar jamoasida debyut qilgan. 2009-2010-yilgi mavsumda u asosiy jamoa arizasida bo'lgan, lekin debyut o'tkaza olmagan. 2010- yilning yozida Kevin „Greyte“rga ko'chib o'tgan. 29-oktabr kuni „Erzgebirge Aue“ga qarshi o'yinda u klub safida debyut qilgan. Kampl 2011-yil qishida „Leverkuzen“ga qaytishdan oldin zaxirada yana 7 ta o‘yin o‘tkazganidan keyin, bu uning jamoadagi yagona birinchi uchrashuvi edi.

24-fevral kuni Yevropa ligasi doirasida Xarkovning „Metalist“ jamoasiga qarshi o‘yinda u „Bayer 04“ safida debyut qilgan. Kevin hech qachon asosiy jamoaga kira olmadi, shuning uchun u tez orada klubni tark etdi va mintaqaviy ligalar Osnabryuk va Aalen jamoalarida ikki mavsum davomida o'ynagan.

2012-yilning yozida Kampl Avstriyaning „Red Bull“ jamoasiga o'tgan. Transfer summasi 3 million yevroni tashkil qildi. 15-sentyabr kuni Avstriya Bundesligasida Riedga qarshi debyut qilgan. 2013-yilning 24-fevralida „Rapid“ga qarshi kechgan duelda Kevin klub uchun birinchi golini urgan.

2014-yilning 22-dekabrida Kampl Dortmundning „Borussiya“ klubiga o‘tgan. 31-yanvar kuni sobiq jamoasi "Bayer 04"ga qarshi o'yinda Kevin „Bundesliga“da debyut qilgan.

2015-yil 28-avgustda Kampl „Bayer 04“ ga o'tdi va 2020-yilgacha shartnoma imzoladi, transfer summasi 11 million yevroni tashkil qildi. 12-sentyabr kuni „Darmshtadt 98“ ga qarshi o'yinda u ikkinchi bo'limda Kristof Kramerni almashtirib, yangi jamoada debyut qilgan. 26-sentyabr kuni „Verder“ ga qarshi kechgan duelda Kevin „Bayer“ safidagi ilk golini urgan. 20-oktyabr kuni Italiyaning „Roma“ klubiga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida Kampl gollardan birini kiritgan va aspirinliklarning mag‘lubiyatdan xalos bo‘lishiga yordam bergan.

Xalqaro faoliyati



2009-yildan 2012-yilgacha Kampl yoshlar terma jamoasida o'ynagan . 2012-yil 14-noyabr kuni Makedoniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Kevin Sloveniya terma jamoasi safida debyut qilgan. 2013-yil 6-sentyabrda 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Albaniyaga qarshi o‘yinda Kampl terma jamoa safidagi ilk golini urgan.

Sloveniya uchun gollari




Yutuqlari



„Qizil buqa“ jamoasida

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz