Kevin Hofland




Kevin Hofland (talaffuzi: Kevin Xofland; 1979-yil 7-iyunda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi

Faoliyati davomida asosan markaziy himoyachi sifatida oʻynagan Hofland 15 mavsum davomida 8 ta klubda ishtirok etgan. Erediviziyada PSV va Feyenoord safida 10 yil davomida 182 oʻyin oʻtkazib, sakkizta gol urgan. Shuningdek, Germaniya va Kiprda VfL Wolfsburg va AEK Larnaca sharafini himoya qilgan.

Hofland ilk bor 2000-yillarda Gollandiya terma jamoasiga chaqirilgan. Jami 7 ta oʻyin oʻtkazgan

Klublardagi faoliyati



Fortuna



Hofland Heerlen shahrida tugʻilgan, lekin Brunssumda oʻsgan. Mahalliy SV Limburgia jamoasiga atigi toʻrt yoshida qoʻshilgan va olti yildan soʻng Fortuna Sittardning professional jamoasiga oʻtgan

PSV



2000-yilning yozida Hofland milliy gigant PSV Eindhoven bilan shartnoma imzoladi. Yoshligi va jamoadagi kuchli raqobatiga qaramay, jamoa himoyasida muhim oʻyinchiga aylandi. Ammo 2002—2003-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida „Arsenal“ ga qarshi oʻyinda toʻpigʻidan jiddiy jarohat oldi.

Wolfsburg



2004-yilda Hoflandn Germaniyadaning VfL Wolfsburg klubiga qoʻshildi. Bundesligada uch mavsum oʻynadi va 2004-yilning 7-avgustida Dortmundning „Borussia“ klubiga qarshi bahsda 90 daqiqa oʻynadi, klub 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Feyenoord / AEK



2007-yil 28-iyunda Hofland Feyenoord bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2009—2010-yilgi mavsumda atigi 8 liga oʻyinida maydonga tusha oldi va 2008-yilda faoliyatidagi birinchi va yagona Gollandiya kubogini qoʻlga kiritdi .

Hofland 2011-yil iyul oyida AEK bilan yana shartnoma imzoladi. Biroq keyingi yilning 17-martida oyogʻidan jarohat olganidan soʻng rasman professional futboldagi faoliyatini yakunladi.

Xalqaro faoliyati



2000-yil 15-noyabrda Hofland Gollandiya terma jamoasi bilan birinchi xalqaro o‘yinini o‘tkazdi. Ispaniya bilan Sevillada boʻlgan o‘rtoqlik o‘yinida gollandlar 2:1 hisobida g‘alabasi qozonishdi.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari




PSV

Feyenoord

Shaxsiy hayoti



Hofland oilali, uch o‘g‘il va bir qizi bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz