Kevin Friesenbichler




Kevin Friesenbichler (talaffuzi: Kevin Frizenbixler; 1994-yil 6-mayda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbolchi. RFS jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Weiz shahrida tugʻilgan Friesenbichler besh yoshida mahalliy SC Weiz jamoasiga qoʻshildi. 2008-yilda Avstriya giganti FK Austria Wienga oʻtdi. Bir yildan soʻng Admira Mödlingga qoʻshildi. 2010-yilda Germaniyaning „Bayern“i bilan shartnoma imzoladi. Oʻsha paytda 16 yoshli Friesenbichlerning transfer narxi 500 ming yevroga teng edi. Uch yil davomida klubning U19 jamoasida oʻynadi va 37 oʻyinda 27 gol urdi. 2013—2014-yilgi mavsumda zaxira jamoasida 22 oʻyinda 15 ta gol urdi, „Bayern“ turnir jadvalida birinchi oʻrinni egalladi.

2014-yilning 22-may kuni Friesenbichler Portugaliya chempioni „Benfica“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2014-yilning 26-iyulida „Benfica B“ safidagi ilk golini „Jong Ajax II“ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (4:3) kiritdi.

2014-yilning 22-avgustida, „Benfica“da ikki oy ham oʻtmay, Friesenbichler Polshaning „Lechia Gdańsk“ jamoasiga bir mavsumlik shartnoma asosida ijaraga berildi.

2015-yilning 22-iyulida Friesenbichler Austria Wien klubiga bir mavsumga yana ijaraga berildi. Oradan roppa-rosa bir yil oʻtib, ijara yana bir mavsumga uzaytirildi. 2017-yilning 1-iyulida Avstriya klubi bilan doimiy shartnoma imzoladi.

2019-yilning 2-iyulida Friesenbichler VfL Osnabrückga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi.

Xalqaro faoliyati



2009-yil 14-avgustda Friesenbichler Avstriya U16 terma jamoasi safida Lixtenshteyn U16ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Raqib ustidan 8:0 hisobida gʻalaba qozonishdi, oʻzi 2 ta gol urdi. 2013-yilning 18-noyabrida Vengriyaga qarshi oʻyinda (4:2 gʻalaba) 1 ta gol urdi.

Faoliyat statistikasi



Klubda



15-iyun, 2017-yilgi holat boʻyicha

Terma jamoada




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz