Kevin De Bruyne
Kevin De Bruyne (talaffuzi: Kevin De Bryuyne) — belgiyalik futbolchi, „Manchester City“ va Belgiya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Zamonamizning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri sifatida tan olingan.
„Gent“ va „Genk“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi. 2008-yilda u „Genk“ safida debyut qilib, kattalar karerasini boshladi. Keyinchalik, u ushbu jamoada 80 dan ortiq oʻyin oʻtkazib , 2011 yil Belgiya chempionligini qoʻlga kiritgan. 2012-yilda u Londonning „Chelsea“ klubiga oʻtdi, ammo darhol „Werder“ga ijaraga berildi. „Werder“ klubi tarkibida u Bundesliganing eng yaxshi yosh futbolchisiga aylandi. 2013-yilning yanvaridan boshlab u „Wolfsburg“da oʻynamoqda. 2015- yilning yozida Kevin „Manchester City“ futbolchisiga aylandi.
Belgiyada 2015-yilning eng yaxshi sportchisi de tan olindi. 2015-yilda u Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi, 2020-yilda esa Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Jamoalardagi faoliyati
Kevin Belgiyaning yirik sanoat markazi Gent shahrida tugʻilib oʻsgan. Bolaligida u bolalar turnirlari va turli yarmarkalarda oʻynay boshladi. 12 yoshida u mahalliy „Gent“ uchun tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtdi. Bu erda ikki yil oʻtkazgandan soʻng, De Bruyne „Genk“ga koʻchib oʻtdi va klubning yoshlar jamoasidagi oʻyinlaridan boshladi. U „Genk“da 2009-yil 9-may kuni „Charleroi“ga qarshi o‘yinda ilk debyutini o‘tkazdi, o‘shanda jamoasi 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
De Bruyne Belgiya yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2010-yil 11-avgustda u Turku shahrida Finlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazgan va unda jamoasi 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan.
Braziliyada boʻlib oʻtgan 2014-yilgi jahon chempionatining final turnirida u Belgiya terma jamoasi safida beshta oʻyinda ishtirok etib, bitta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Kevin Belgiyaning 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun soʻnggi 23 kishilik taklifiga kiritilgan edi. 18-iyun kuni Panama terma jamoasi bilan oʻyinda (3:0) De Bruyne Romelu Lukakuga yordam bergan. 6-iyul kuni u Braziliyaga qarshi chorak final uchrashuvida (2:1) gʻalaba toʻpini kiritga va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Yarim finalda Belgiya boʻlajak jahon chempioni Fransiyaga 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan. 14- iyul kuni uchinchi oʻrin uchun oʻyinda Belgiya terma jamoasi Angliya terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etgan.
U 2020-yilgi Yevropa chempionati uchun terma jamoaga kiritilgan. U Rossiya terma jamoasi bilan oʻyinni jarohati tufayli oʻtkazib yubordi . Daniya terma jamoasi bilan oʻyinda u 0:1 hisobida zaxiradan maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi va gʻalaba golini kiritdi, uchrashuv 2:1 hisobida Belgiya terma jamoasi foydasiga hal boʻldi.
Statistikasi
Yutuqlari
„Genk“ Manbalar
uz.wikipedia.org