Kevin Danso




Kevin Danso (talaffuzi:Kevin Danso ; 1998-yil 19-sentyabrda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi Lens va Avstriya milliy terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Ilgari Avstriyaning U15, U16, U17, U18 va U19 boʻlgan turli darajadagi yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Ilk faoliyati



Danso Avstriyada tugʻilgan, ota-onasi ganalik. Olti yoshga toʻlganida oilasi bilan Angliyadagi Milton Keynes shahriga koʻchib oʻtgan.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyat davri



Danso 9 yoshigacha Reading akademiyasida hujumchi boʻlgan. Keyin Milton Keynes Dons akademiyasiga qoʻshilgan. 2014-yilgacha shu klubda oʻynagan, keyin Germaniyaning Augsburg klubiga oʻtgan.

FK Augsburg



2017-yilning 3-martida Danso 18 yoshu 165 kunligida Augsburg safida Bundesligadagi debyutini o‘tkazdi va Danso klub tarixida chempionatda ishtirok etgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bir hafta oʻtgach, klub bilan yangi toʻrt yillik yangi shartnoma imzoladi.

Southamptonga ijara
2019-yilning 9-avgustida, Angliya Premyer-liga transfer oynasi yopilganidan bir kun o‘tib, Danso Southamptonga 2019—2020-yilgi mavsum oxirida sotib olish huquqi bilan bir yillik ijaraga o‘tgani eʼlon qilindi.

Fortuna Düsseldorfga ijara
2020-yil 18-avgustda ijara asosida Germaniyaning Fortuna Düsseldorf klubiga oʻtdi. 2021-yil 24-mayda shartnoma muddati tugagach, Fortunani tark etdi.

Lens



2021-yil 6-avgustda Danso Liga 1 ning RC Lens jamoasiga qo‘shildi.

Xalqaro faoliyati



Danso Angliya, Gana hamda Avstriya terma jamoasida oʻynash huquqiga ega edi. Lekin Avstraliyada oʻynashni tanladi va mamlakatning U15, U16, U17, U18 va U19 yoshlar terma jamoalarini himoya qildi.

2017-yilning may oyida milliy terma jamoaga ilk chaqiruvini oldi.

Faoliyat statistikasi



Klub



12-noyabr, 2022-yil

Xalqaro



25-sentyabr, 2022-yil[20]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz