Kevin Bahl
Kevin Bahl (talaffuzi: Kevin Bax) (2000-yil 27-iyunda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkey himoyachisi. Kevin Bahl hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „New Jersey Devils“ xokkey jamoasi safida faoliyat olib bormoqda.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Kevin Bahl Ontario xokkey ligasi (OHL) vakili „Ottawa 67’s“ xokkey klubi xokkeychilik faoliyatini boshladi. Kevin Bahl 2018-yilgi NHL kirish loyihasining 2-raundida „Arizona Coyotes“ xokkey klubi safiga 55-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, Kevin Bahl 2019-yil 15-martda „Arizona Coyotes“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi.
2019—2020-yilgi mavsumdagi oʻsmirlar xokkeyining soʻnggi mavsumida Kevin Bahl Nick Merkley, Nate Shnarr bilan birga „Arizona Coyotes“ xokkey klubi
tomonidan „New Jersey Devils“ aʼzolari Taylor Hall va Blake Speers evaziga 2019-yil 16-dekabrda almashtirildi.
Keyingi 2020—2021-yilgi mavsumda Kevin Bahl 2021-yil 29-aprelda „New Jersey Devils“ xokkey klubi safida NHLdagi ilk oʻyinini oʻtkazgan edi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
Kevin Bahl Kanada milliy xokkey terma jamoasi safida bir nechta xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan edi. Kevin Bahl 2020-yilda Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi safida xokkey boʻyicha IIFH Jahon chempionatida ishtirok etib, oltin medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org