KETS yulduzi




„KETS yulduzi“ (ruscha: Звезда КЭЦ) – rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Ilk bor „Вокруг света“ jurnalida chop etilgan. Kitob sifatida esa birinchi marta 1936-yil nashr qilingan.

Asarni oʻzbek tiliga Nizom Komilov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 1970-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida Belyayevning „Amfibiya odam“ romani bilan birga toʻplam oʻlaroq chop etilgan. 1989-yil „Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi“ toʻplamida qayta nashr qilingan.

„KETS yulduzi“ fazoni oʻzlashtirish mavzusidagi Sovet Ittifoqida chop etilgan ilk fantastik asardir. „KETS yulduzi“ rus olimi Konstantin Eduardovich Siolkovskiy xotirasiga bagʻishlangan. Asarda yerning ikkinchi sunʼiy yoʻldoshi KETS yulduzi deb ataladi.

Syujet



Asardagi hodisalar biolog Leonid Artemyev otidan hikoya qilinadi. Roman qahramonlari KETS yulduziga uchib borishadi. Bu yulduz Yerning ikkinchi sunʼiy yoʻldoshi boʻlib, u yerda odamlar yashaydi va fazoni oʻrganadi. Yulduz, undagi raketalar va boshqa koʻplab moslamalar Konstantin Eduardovich Siolkovskiy loyihalarida asosida tayyorlangani uchun yulduzga uning nomi berilgan.

Qahramonlar




Oʻzbekcha tarjima



KETS yulduzi. Amfibiya odam



„KETS yulduzi“ni oʻzbek tiliga Nizom Komilov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 1970-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida Belyayevning „Amfibiya odam“ romani bilan birga toʻplam oʻlaroq chop etilgan. Mazkur toʻplamni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Mirobidov – muharrir, G. Jirnov – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishikina – texnik muharrir, M. Azimboyeva – musahhih. Kitob adadi – 45 000 nusxa.

Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi



Roman 1989-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida „Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi“ toʻplamida qayta nashr qilingan. Toʻplamni oʻzbek tiliga 1963-yil „Молодая гвардия“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Nizom Komilov tarjima qilgan. Asar soʻzboshini M. Mahmudov yozgan.

Tahrir hayʼati Hakim Nazir (rahbar), Anvar Obidjon, Farhod Musajonov, Quddus Muhammadiy, Raim Farhodiy, Poʻlat Moʻmin, Ergash Raimov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev hamda Nosir Fozilovlardan iborat boʻlgan. Mazkur nashrni tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Joʻrayeva – muharrir, L. Davats, A. Shatalov – rassomlar, A. Kiva – rasmlar muharriri, V. Barsukova – texnik muharrir, SH. Sobirova, SH. Nazarova – musahhihlar. Kitob adadi – 30 000 nusxa.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz