Ketrin Eva Ekuta
Ketrin Eva Ekuta (inglizcha: Catherine Ewa Ekuta - Nigeriyalik dzyudochi, yengil va yarim o'rta vazn toifalari vakili hisoblanadi. U 1999-2007-yillarda Nigeriya dzyudo terma jamoasida o'ynagan. Butun Afrika o'yinlari chempioni, Afrika chempionatining bronza medali sovrindori, xalqaro va milliy turnirlar g'olibi, Afinadagi yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi.
Biografiyasi
Ketrin Ekuta 1979-yil 25-noyabrda Nigeriyaning Lagos shahrida tug‘ilgan.
U kattalar o'rtasidagi xalqaro miqyosdagi birinchi eng katta muvaffaqiyatiga 1999-yil mavsumida, Nigeriya terma jamoasining asosiy jamoasiga kirganida erishdi. Ushbu voqea Yoxannesburgda bo'lib o'tgan Butun Afrika o'yinlariga sodir boldi. U ushbu musobaqada yengil vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritdi.
2000-yilda yengil vazn toifasi bo'yicha Jazoirdagi Afrika chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdi.
U 2003-yilda Abujada bo'lib o'tgan Butun Afrika o'yinlarida yengil vazn toifasida muvaffaqqiyat qozondi.
Ketrin Eva Ekuta erishgan natijalar: 2004-yilda u Mavrikiy va Germaniyadagi xalqaro turnirlarda g'olib chiqdi. Tunisdagi Afrika chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi. Bir qator muvaffaqiyatli chiqishlari tufayli u Afinadagi Yozgi Olimpiya o'yinlarida mamlakat sharafini himoya qilish huquqiga ega bo'ldi. Ammo 57 kg vazn toifasidagi ochilish o'yinida u shveytsariyalik Lena Göldi tomonidan mag'lub etildi. Shu tariqa medallar uchun kurashni darhol tark etdi.
Afina Olimpiadasidan keyin Ekuta Nigeriya dzyudo terma jamoasida qoldi va yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etishda davom etdi. Shunday qilib, 2005-yilda u Port-Elizabetda bo'lib o'tgan Afrika chempionatida ishtirok etdi. Yarim o'rta vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritdi.
Ketrin Eva Ekuta 2007-yilda Jazoirda bo'lib o'tgan Butun Afrika o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritdi. Natijada Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan jahon chempionatida 1/32 finalda xitoylik Xu Liliga mag'lub bo'lganligi bilan e'tibor va e'tirofga sazovor bo'ldi. Ushbu musobaqalar tugaganidan ko'p o'tmay, u sport karerasini tugatishga qaror qildi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org