Keshubhai Patel
Keshubhai Patel- (tug'ilgan yili 1925) 1995 yil martdan 1995 yil oktyabrgacha Hindistonning Gujarat shtatining bosh vaziri boʻlgan. U shtatdagi Bharatiya Janata partiyasining yuqori lavozimli amaldorlaridan biri edi, lekin 2012-yil avgust oyida BJPdan iste'foga chiqdi va keyinchalik 2012-yilgi Gujarat Qonunchilik Assambleyasiga saylovlarda ishtirok etish uchun yangi siyosiy partiya - " Gujarat Parivartan partiyasi " ni tashkil qildi.
Ushbu shaxs 1980 yildan buyon Hindistonning Janata partiyasi azosi hisoblanadi. U birinchi marta 2012 yilda BJPni tark etdi va Gujarat Parivartan partiyasini tuzdi, keyinchalik u Bharatiya Janata partiyasi bilan birlashdi. U 2012-yilgi assambleya saylovlarida Visavadardan saylangan, ammo keyinroq 2014 yilda sog'lig'i yomonlashgani sababli iste'foga chiqqan.
Yoshlik
Keshubxai Patel 1928-yil 24-iyulda Gujaratning hozirgi Junagad tumanidagi Visavadar shahrida tug‘ilgan. U 1945-yilda Rashtriya Swayamsevak Sanghga (RSS) pracharak sifatida qo'shildi. U 1975-yilgi favqulodda vaziyat paytida ham qamoqqa tushishga majbur bo'lganlardan biri hisoblanadi.
Siyosiy hayot
U o'zining siyposiy faoliyatini dastlab 1960 yilda janata partiyasida kichik yo'nalishlarni boshqarish bilan boshlagan. U uning asoschilaridan biri edi. 1975 yilda Jana Sangh-Kongress (O) ittifoqi Gujaratda hokimiyat tepasiga keldi.
Shaxsiy hayot va o'lim
Patelga uylangan, besh o‘g‘il va bir qizi bor. Uning o'g'li Bharat Patel BJP a'zosi. 2006-yil 21-sentyabrda uning rafiqasi Gandinagarda jismoniy mashqlar xonasida elektr toki urishi natijasida yong'in sodir bo'lganidan keyin vafot etdi .
uning 60yoshli AQShda istiqomat qilib kelayotgan o'g'li Pravin Patel 2017-yil 9-sentyabrda yurak xurujidan vafot etdi. Ushbu fojiali voqea yuzasidan Bosh vazir Narendra Modi ham uning uyiga borib, uni kutib oldi va hamdardlik bildirdi.
Keshubhai Patel 2020-yil sentabr oyida kovid-musbat sinovdan o‘tgan, ammo dastlabki infektsiyadan keyin tuzalib ketgan. Biroq, u 2020 yil 29 oktyabr kuni ertalab nafas olish qiyinligidan shikoyat qildi. Uning o'limiga ham ko'pchilikniki kabi COVID 19 sabab bo'lgan.
Adabiyot
uz.wikipedia.org