Kesamirlar




Kesamirlar — oʻzbek urugʻlaridan biri, 19—20-asr boshlarida Buxoro amirligining Koʻlob bekligi hududida, asosan, Yaxsuv daryosining oʻrta oqimlari, Panj daryosi irmogʻi Jilgʻasoyning yuqori oqimlari atrofida va qisman Qunduzda yashashgan. K.ning kelib chiqishi toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. Baʼzi maʼlumotlarga qaraganda, ularning shakllanishida naymam va mangʻit qabilalarining etnik guruhlari ishtirok etgan. Qatagʻonlarnnng ayrim guruhlari K.ga qoʻshilganligi taxmin qilinadi. K. qorachariq, kuldeman, qalligʻoch yoki qarligʻoch, toz, kamchi, kiyikchi va noʻgʻoy kabi boʻlinmalardan iborat boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz