Kerry Bishé




Kerry Lynne Bishé (talaffuzi: Kerri Lin Bishe; 1984-yil 1-mayda tugʻilgan) — Yangi Zelandiyada tavallud topgan amerikalik aktrisa. AMC kanalida uzatilgan Halt and Catch Fire teleserialidagi Donna Clark roli bilan tanilgan. Bishé ABC telekanalida efir yuzini koʻrgan tibbiyotga aloqador Scrubs televizion serialining soʻnggi mavsumida bosh/hikoyachi rolini ijro etadi. Aktrisa, shuningdek, 2012-yilda „Argo“ dramatik filmida ham rol oʻynagan.

Yoshligi



Bishé Yangi Zelandiyada tavallud topgan. U tugʻilgandan koʻp oʻtmay, oila AQShning New Jersey shtatidagi Glen Ridge shahri koʻchib oʻtadi. Boʻlajak aktrisaning otasi Kenneth Bishé Montclair Kimberley akademiyasini tamomlagan hamda ijtimoiy fanlardan dars bergan. Bishé Northwestern universitetida tahsil olgan.

Faoliyati



Bishé 2004-yilning yoz oyida Montana Shakespeare bilan professional gastrol safarida boʻlib, „Romeo va Juletta“ tragediyasida Julietta rolini ijro etadi. U, shuningdek, 2006-yilda Eugene OʻNeilning The Hairy Ape va Roundabout spektakllarida hamda George Bernard Shawning „Pygmalion“ning sahna asarlarida ham ishtirok etgan.

Bishé ekrandagi debyutini 2007-yilda The Half Life of Mason Lake nomli kam byutjetli filmda Sarah Rosen rolida amalga oshirgan. Sex and the City va The Lucky Ones filmlarining birinchi moslashuvida qoʻshimcha rolni gavdalantiradi. Soʻngra, Understudy (2008) filmidagi kichik rolda, keyinchalik, Scrubs yulduzi Zach Braff rejissorligidagi Night Life telefilmida rol oʻynaydi. Ushbu asar Bishéni mashhur qilmaydi, ammo, uni Braff bilan tanishtiradi. Keyinchalik, aktrisa Zach bilan Scrubs filmida hamkorlikfa faoliyat olib boradi.

2009-yilda Bishé bir qator televizion rollarni oʻynagan: Life on Mars hamda „Royal Pains“ kabi teleseriallarning epizolarida turli tafsifdagi rollarni ijro etgan..

2014-yildan 2017-yilgacha Bishé AMC teleseriali " Halt and Catch Fireda Donna Clark rolini oʻynagan. Tasodifan, „Argo“ (2012) filmida u tasvirlagan obrazning turmush oʻrtogʻi rolini oʻzining hayotdagi turmush oʻrtogʻi Scoot McNairy tasvirlangan.

Shaxsiy hayoti



Bishé, hozirda, aktyor Chris Lowell bilan yaqin munosabatda. Er-xotinning bir nafar qiz farzandi bor.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz