Kerimüddin Karaman Bey




Kerimüddin Karaman Bey  — Karamanoğulları bekligining asoschisi va ilk beki. 1256-1261-yillar oraligʻida Onadoʻlida hukmdorlik qilgan turkmanlarning Afshar qalilasi yetakchisi..

Tarix



Otasi Nureddin Bey Karamanlilar jamoasining yetakchisi boʻlgan. Otasining vafotidan keyin, u otasining hukmronligi davrida allaqachon yarim vassal boʻlgan oʻz bekligiga asos soldi. Amalda Karamanlilarning oliy hukmdorlari boʻlgan Koʻniya sultonligi moʻgʻullarga jangda magʻlub boʻldi va zaiflashdi. Natijada Karamanlilar poytaxt Koʻniya atrofidagi Toros togʻlari yonbagʻirlariga qiyinchiliklarsiz oʻrnashdilar. Karamanlilarning kuchini ortishidan qoʻrqqan Koʻniya sultoni baʼzi hududlarni Karaman beklariga iqto tariqasida berdi. Qadimgi Larenda shahri bugungi kunda sulola nomi bilan Karaman deb ataladi. Karaman bekligi Kilikya arman qirolligiga qarshi koʻplab janglar olib borib, oʻz hududlarini yanada kengaytirgan.

1261-yilda Koʻniya sultonligi sultoni Kılıç Arslan IV ning akasi Vizantiya imperiyasi yerlariga qochib, panoh topdi. Shundan soʻng, sulton isyonchi qabilalarni jazolandira boshladi. Bu voqealarni oʻz bekligiga tahdid sifatida bilgan Karaman Bey, sultonning oʻziga hujum qilishini kutib oʻtirmasdan, Koʻniyaga oʻzi hujum qildi. Ammo Koʻniyaning gʻarbida boʻlib oʻtgan Gevele jangida magʻlubiyatga uchradi. Jangda Karaman Beyning ikki ukasi oʻldirildi. Karaman Bey jangdan qisqa bir vaqt oʻtganidan keyin vafot etganligi haqida manbalarda uchraydi. Karaman Bey bugungi kundagi Karaman va Ermenek hududlari orasidagi Balkusan qishlogʻiga dafn etildi. Beklik taxtiga Karaman Beyning ogʻli Mehmed Bey oʻtirdi.

Shajara



Kerimüddin Karaman Beyning oil shajarasi shu koʻrinishdadir:

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz