Keretaro




Keretaro — Meksikaning markaziy qismidagi shahar, Keretaro shtatining maʼmuriy markazi. Meksika togʻligining hosildor vodiysida, 1850 m balandlikda joylashgan. Aholisi 385 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Avtomobil yoʻllari tuguni. Temir yo'l stansiyasi. Qishloq xoʻjaligi (donli ekinlar, dukkaklilar) rayoni markazi. Un tortish, ip gazlama, koʻn-teri korxonalari bor. Keretaro yaqinida polimetall ruda va opal konlari topilgan. Turizm markazi. 17— 18-asrlarda qurilgan cherkovlar, saroylar saqlangan. Universitet (1765), muzey bor. Keretaro — qad. indeyslar shahri. 1531-yilda ispan konkistadorlari tomonidan egʻallangan. 1810-yilda shahar ispanlarga qarshi qoʻzgʻolon markazlaridan boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz