Kerboboyev Berdi Murodovich




Berdi Murodovich Kerboboyev [1894.3(15).3, Tajan tumani Qavqi Zarang qishlogʻi — 1974.5.3, Ashxobod] — Turkmaniston xalq yozuvchisi (1967), zamonaviy turkman adabiyoti asoschilaridan. Turkmaniston Fanlar akademiyasi akademik (1951). Buxorodagi madrasada tahsil olgan, Leningrad universiteti sharq fakultetida oʻqigan (1927-28). Ilk hajviy sheʼrlari 1925-yilda "Turkmaniston" gazeta va "Tokmak" ("Toʻqmoq") jurnalda bosilgan. Dastlabki dostonlari ("Yangi turmushga", 1928; "Amudaryo", 1931), hikoya va ocherklari ("Maral", 1937), qissalari ("Bayram", 1934; "Botir", 1935) va dramatik asarlari ("Hurliqo va Hamro", 1940 va b.) turkman adabiyoti taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatgan. "Qurbon Durdi" qissasi (1942), "Oylar" dostoni (1943), "Vatanga muhabbat" (1941), "Qardoshlar" (1943) kabi sahna asarlarida Ikkinchi jahon urushida bosqinchilarga qarshi kurash va turkman xalqining mamlakat ichkarisidagi mehnati aks etgan. "Dadil qadam" (1—3-kitoblar, 1940—55) da turkman xalqining oʻtmishi, hayoti, kurashi, ruhiy kechinmalari tasvirlangan. "Oysulton" qissasi (1949) turkman paxtakorlariga bagʻishlangan, "Nebitdogʻ" romani (1957) neftchilar faoliyati va hayoti haqida.

K. Navoiy, Hamza, Abdulla Qodiriy va b. ijodidan ilhomlangan. Oybek, Gʻafur Gʻulom va b.ning ayrim asarlarini turkmanchaga tarjima qilgan. K.ning deyarli barcha yirik asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan. "Maxtumquli" dramasi (1943; Yashin tarjimasida) sahnalashtirilgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Kerboboyev Berdi Murodovich haqida aniq va kengroq ma'lumot hozircha mening ma'lumotlar bazamda mavjud emas. Agar siz unga oid aniq bir soha, faoliyat yoki ma'lum bir kontekst bo‘yicha ma’lumot bermoqchi bo‘lsangiz, iltimos, qo‘shimcha tafsilotlar bilan o‘rtoqlashing. Shunda men sizga yaxshiroq yordam bera olaman.

Agar u O‘zbekiston yoki boshqa mintaqada taniqli shaxs bo‘lsa, uning ilmiy faoliyati, ijodi, siyosiy faoliyati yoki boshqa sohalardagi ishlari haqida ko‘proq ma’lumot berishingiz mumkin. Shunda men umumiy manbalardan har tomonlama yordam berishga harakat qilaman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz