Keratozlar




Keratozlar (yun. keras — shox, muguz) — teri muguz (shox) qavatining qalinlashuvi bilan kechadigan kasalliklarning umumiy nomi. Bunda teri yalligʻlanmaydi. K.ga muguz qavatning jadal oʻsishi yoki shu qavat hujayralarining bir-biriga qoʻshilib, bitib ketishi sabab boʻladi. Tugʻma, orttirilgan va konstitutsion K. farq qilinadi. Tugʻma K. muguzlanish jarayonining tugʻma kamchiliklariga bogʻliq (ixtioz, keratodermiya). Orttirilgan K.umumiy va mahalliy kasalliklar (gipova avitaminoz), shuningdek, turli zaharlanishlar, nerv va endokrin sistema kasalliklari oqibatida kelib chiqadi. Konstitutsion K. esa bolaga qisman ona qornida, qisman tugʻilgandan keyingi noxush omillar tufayli roʻy beradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz