Keratomalyasiya




Keratomalyasiya (yun. keras — shox, muguz va malakia — yumshokushk) — koʻz shox (muguz) pardasining yemirilishi. Koʻproq yosh bolalarda uchraydi va organizmda oqsil, A vitamin, yogʻ moddalari yetishmasligi natijasida kelib chikali. K.da muguz parda toʻqimasi iriydi, yiringli yara paydo boʻlib, parda teshiladi, koʻzning oldingi kamerasida yiring toʻplanadi, shilliq parda ham oʻzgaradi (epiteliysi qurib, koʻchadi — q. Kseroftalmiya). Davo kasallikka sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz